Besh kappa jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Masjid
Besh kappa jome masjidi
Besh kappa
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Parkent
Manzil Parkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Gʻafur Gʻulom mahalla fuqarolar yigʻini 33-uy
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Farrux domla Kurganov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Besh kappa jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Parkent tumani, Parkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Gʻafur Gʻulom mahalla fuqarolar yigʻini 33-uyida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Parkent qishloq fuqarolar yigʻini, Gʻafur Gʻulom mahalla fuqarolar yigʻini, Zarbuloq mahalla fuqarolar yigʻini, Mustaqillik mahalla fuqarolar yigʻini, Oxunboboyev mahalla fuqarolar yigʻini, Mirishkor mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Muqimiy mahalla fuqarolar yigʻini, Parkent – Krasnogorsk mahalla fuqarolar yigʻini, Nurli diyor mahalla fuqarolar yigʻini, Nizomov mahalla fuqarolar yigʻini, Polvon mahalla fuqarolar yigʻini, Binokor mahalla fuqarolar yigʻini, Anor tepa mahalla fuqarolar yigʻini, Yuksaklik mahalla fuqarolar yigʻini, Odil ota mahalla fuqarolar yigʻini, Toshloq mahalla fuqarolar yigʻini, Karim ota mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Mirshavkat domla Toʻychiyev hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Besh kappa jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi, hamda, qurilish ishlari haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 7-sentabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar

tahrir
  1. „БЕШ КАППА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „"БЕШ КАППА" Масжиди“. uzorg.info. Qaraldi: 4-dekabr 2023-yil.