Parkent

Toshkent viloyati sharqiy qismidagi tuman

Parkent — Toshkent viloyati Parkent tumanidagi shahar (1984-yildan). Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi va viloyat markazi (Toshkent shahri)dan 47 km. Aholisi 45,5 ming kishidan ziyod (2003). Shahar aholisi va xoʻjaliklari Parkentsoy va Parkent kanalidan suv oladi. P.da 1 qoʻshma korxona, 22 kichik, 16 korxona, firmalar, 5 sanoat korxonasi, non zavodi, dehqon bozori bor. 14 umumiy taʼlim maktabi, musiqa va sport maktablari, ixtisoslashgan maktab, kasb-hunar maktablari, markaziy va bolalar kutubxonalari, madaniyat uyi, „Kichkintoy“ bolalar xiyoboni, „Onalar va bolalar bogʻi“, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion (10 ming oʻrin), markaziy kasalxona, poliklinika, 12 dorixona, 75 savdo, 145 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud. P. — Toshkent yoʻnalishida avtobus qatnaydi.

Parkent
shahar
Skyline of Parkent
41°17′40″N 69°40′35″E / 41.29444°N 69.67639°E / 41.29444; 69.67639
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Toshkent viloyati
tuman Parkent tumani
Aholisi
45 500
Vaqt mintaqasi UTC+5
Parkent xaritada
Parkent
Parkent
Parkent xaritada
Parkent
Parkent

P. oʻrnida dastlab muqim turar joylar miloddan avvalgi 2—1-asrlar chegarasida paydo boʻlgan. Shahar toʻgʻrisida „Boburnoma“da ham maʼlumotlar berilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil