Beshkent — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi shahar. 1977-yilda shahar maqomini olgan. 1964-yildan eʼtiboran qarshi tumani markazi hisoblangan. 1926-yildan Beshkent tumani markazi boʻlgan.

Beshkent
shahar
38°49′01″N 65°39′0″E / 38.81694°N 65.65000°E / 38.81694; 65.65000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Qarshi tumani
Aholisi
 (2016)
18,9
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 180201180200[1]
Beshkent xaritada
Beshkent
Beshkent

Etimologiyasi

tahrir

Mahalliy yerlik aholi besh kas (kas bu yerda odam, inson maʼnosida) birikmasini besh aka-ukalar qishloqchani tashkil etgan deb izohlashadi. Shuningdek, bir necha qishloq va mahallar yigʻindisi shaklida ham eʼtirof etiladi. Shahar nomi tarkibida besh soʻzi asli turkiycha soʻz hisoblanadi, forschada besh koʻp, ortiq, ziyod maʼnolarida qoʻllanadi[2].

Somoniy, Yoqut al-Hamaviy asarlarida Fijkant, Fijakent nomlari tilga olinaddi. XVI asr vaqf hujjatlarida bu nom Vijkat, Bijkat, Bejkat shaklida talqin etiladi. Nomning tovush tartibi oʻzgarib, boshlangʻich boʻgʻin fij — vij — bij — besh tarzida shakllangan. Yerlik aholi nomni oʻz tiliga moslab olgan. Shuningdek, ayrim hududlarda besh shakli emas pesh yoki pish shakli saqlangan.

Shahar nomining keyingi boʻgʻinidagi kent soʻzi qadimiy eron tiliga xos boʻlib, qoʻrgʻon, qishloq yoki qoʻrgʻonlar yigʻindisi maʼnosini anglatgan. Lekin bu oʻrinda kat soʻzi qadimiyroqdir. Yaʼni shahar nomi aslida Beshakat boʻlishi ham mumkin. Kent soʻzi bilan joy nomlarini atash asosan turkiy tilli xalqlar orasida keng tarqalgan. XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib shahar nomidagi kat qoʻshimchasi kentga oʻzgarib ketgan. Qishloq Naxshabning quyi janubiy qismida joylashgan. Nom tarkibidagi fij — vij — bij — pish — vish — bish — besh soʻzi quyi qismi, adogʻi maʼnosini ham bergan. Shunga koʻra, Beshkent quyi qishloq degan maʼnoni anglatgan[2].

Oʻxshash nomlar

tahrir

Qashqadaryo viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida Beshkent qishlogʻi bor. Shuningdek, Qirgʻiziston va Tojikiston respublikalarida ham Beshkent nomli qishloqlar bor[2].

Joylashuvi

tahrir

Shahar Beshkent tumanning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Viloyat markazi va yaqin temir yoʻl stansiyasi joylashgan Qarshi shahrigacha 7 km lik masofa bor.

Aholisi

tahrir

Aholisi 15,8 ming kishi (2005-yil).

2016-yil 1-yanvardagi aholini roʻyhatga olish maʼlumotlariga koʻra Beshkent shahrida 18,9 ming kishi yashashi qayd etilgan[3].

Sanoati

tahrir

Xoʻjaliklari va aholisi Beshkent kanalidan suv oladi. Shaharda paxta tozalash zavodi, non kombinati, 5 qoʻshma korxona (shu jumladan, Oʻzbekiston — Rossiya, Oʻzbekiston — Pokiston qoʻshma korxonalari) faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek, Qarshi choʻlini oʻzlashtirish bilan shugʻullanuvchi bir qancha korxona va muassasalar ham faoliyat yuritadi. Shaharcha hududida 4 ta umumiy taʼlim maktabi (3,9 ming oʻquvchi), 1 ta litsey (237 oʻquvchi), 1 kasb-hunar kolleji (627 oʻquvchi) mavjud. 11 ta sport inshooti, 32 ta jismoniy tarbiya va sport jamoalari faoliyat koʻrsatadi. 2 ta kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, kasalxona, 3 ta poliklinika aholiga xizmat koʻrsatadi.

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Qashqadaryo viloyati“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
  2. 2,0 2,1 2,2 To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 57-58-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 142-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.