Baxt darvozasi shaharchasi (ruschasi Городок ворота счастья) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Kitob tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga binoan shaharcha maqomi berilgan va nomi Baxt darvozasi shaharchasiga o'zgartirilgan. Eski nomi Beshqozoq[1][2].

Beshqozoq
Shaharcha
39°06′23″N 66°54′34″E / 39.10639°N 66.90944°E / 39.10639; 66.90944
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Kitob tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Beshqozoq xaritada
Beshqozoq
Beshqozoq

Etimologiyasi

tahrir

Shaharcha nomi besh va qozoq soʻzlarining birikishidan tarkib topgan. Qadimiy rivoyatlarga koʻra bu yerlarga besh nafar qozoq millatiga mansub yigitlar kelib, shu yerlarni oʻzlashtirishgan, obod qilishgan va yangi shaharchani barpo etishgan. Shu sababli ham hudud Beshqozoq deb nomlanadi.

Aslida esa qozoq xalqi va oʻzbeklarning qozoq urugʻiga mazkur nomning hech qanday aloqasi yoʻq. Qadimiy turkiy tillarda qazuq ariq soʻzi qazilgan ariq maʼnosini bildirgan. Qazuq soʻzi xalq orasida tovush oʻzgarishiga uchrab qozoq shakliga kelib qolgan. Ana shu qazilgan katta anhorning beshta kichik arigʻi boʻlgan. Mazkur shaharcha ham ayni mana shunday beshta ariq yaqinida joylashganligi sababli shunday nom olgan. Beshqozoq shaharchasining nomi Beshariq nomi bilan sinonim (maʼnodosh) hisoblanadi[3].

Joylashuvi

tahrir

Beshqozoq shaharchasi Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining janubi-gʻarbiy qismida, tuman maʼmuriy markazi Kitob shahridan 7.5 km uzoqlikda joylashgan. Beshqozoq shahriga eng yaqin aholi yashash punktlari: Birlik (gʻarb) va Qalmoq (janub) shaharchalaridir. Shaharcha yaqinidan Oqdaryo va uning irmoqlari oqib oʻtadi.

Beshqozoq shaharchasida Hazrati Bohovuddin Naqshband nomli jom’e masjidi joylashgan. Shaharcha hududida aholi yashash inshootlari juda zich tarzda bunyod etilgan.

Aholisi

tahrir

1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga Baxt darvozasi shaharchasida 4.5 ming tadan ortiq aholi yashagan. 2013-yilda bu koʻrsatkich 4263 nafar ekanligi aniqlangan[4].

Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etsa ham, shaharchada qozoq millatiga mansub aholi yashaydi. Shuningdek, tojik va qirgʻiz millatiga mansublar ham bor.

Manbalar

tahrir
  1. Mahalliy aholi tomonidan o'zgartirish kiritildi
  2. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  3. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 62-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  4. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 150-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.