Bessarabiya
Bessarabiya (rumincha: Basarabia, ukraincha: Бессарабія, nemischa: Bessarabien , gagauzcha: Besarabiya) — Dnestr va Prut daryolari oraligʻidagi tarixiy viloyat (hozirda Moldova hududining asosiy qismi va Odessa viloyatining janubiy qismi). Dastlab u yerda qadimgi yunonlar yashagan, keyin Bessarabiya Rim imperiyasiga tegishli edi. 10-11-asrlarda Bessarabiya Kiev Rusi tomonidan bosib olingan. 12—13-asrlarda Galisiya-Volin knyazligi tarkibiga kirgan. 14-asrdan Moldova knyazligiga qoʻshib olingan. 16-asr boshida uni Usmonlilar imperiyasi ishgʻol qilgan. 1812-yilda Rossiya imperiyasi Bessarabiyani bosib oldi. 1918-40 yillarda Ruminiya Besrabiya bilan birlashdi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |