Bhurban (urdu: بھوربن) Pokiston Islom Respublikasining Panjob viloyatidagi kurot sogʻlomlashtrish va turizm maqsadida foydalaniladgan kichk shaharcha hisoblanadi. Kurort shaharning nomi yaqin atrofdagi oʻrmon sharafiga nomlangan. Taxminan iqtisodiy-jtimoiy jihatdan yirik hisoblangan Murri shahridan 11 km uzoqlikda joylashgan[1][2].

Manzil

tahrir

Bhurban Murri va Kashmir yoʻli oʻrtasida, taxminan 6000 fut balandlikda joylashgan. Pokiston Islom Respublikasining poytaxti Islomoboddan 50 km uzoqlikda, Islomobod-Murri temiryoʻl stansiyasi oʻtgan hududda joylashgan.

Turizm

tahrir
 
Bhurbanda koʻplab sayyohlik ob’ektlari mavjud.
 
Pearl Continental Bhurban — shaharchadagi 5 yulduzli mehmonxona

Bhurban oʻziga xos flora va Pokistonning boshqa joylarida uchramaydigan faunaga olamiga ega boʻlgan sayyohlik maskanidir.  U yaqin atrofdagi Ayubiya milliy bogʻidagi yurish yoʻllari bilan mashhur. „5 yulduzli“ Pearl Continental Hotel — Mount Pleasant Apartments Bhurban shahridagi bir nechta kurortlardan biri boʻlib, Murri tepaliklari va milliy bogʻga tashrif buyuradigan sayyohlarga xizmat qiladi. Bhurbanda katta maydonni egallagan golf maydoni ham mavjud. Bhurbandagi yana bir kurort — Bhurban Hill Apartments manzilgohi hisoblanadi.

Bhurbanning asosiy xalqlari — Dhundlar (abbosiylar deb ataladi), Janyallar va Ahmedallar, ularning barchasi asrlar davomida bu yerda yashab kelgan musulmon xalqlarining mahalliy avlodlari sanaladi[3]. Bu qabilalarning aksariyati eramizning 14—15-asrlarida islom dinini qabul qilgan[4]. Ularning aksariyati hali ham oddiy qishloq hayotida yashashadi, biroq ularning bir qismi tekisliklarda, Ravalpindi va Islomobodda va hatto undan ham uzoqroqda taʼlim va ish izlab ketishgan[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Bhurban“. Tourism Development Corporation of Punjab (TDCP). 1-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2012-yil.
  2. „Bhurban on map“. Google Maps. Qaraldi: 19-sentabr 2019-yil.
  3. Dani, AH 'Hill tribes of Northern and NW Pakistanʼ Islamabad, 1982, pp 102-109
  4. Dani aa, 102
  5. Punjab Report on Employment, pub Lahore: Govt of Punjab, 1991