Bibi buvayda maqbarasiFargʻona viloyati Buvayda tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (1516-asrlar). Ziyoratxona va ikki goʻrxonadan iborat, toʻgʻri burchak tarxli (18x8,5 m). Din arbobi, afsonaviy sarkarda Shoh Jalil onasi (Bibi Huvaydo) va xotiniga atab qurdirgan deb taxmin qilinadi. Peshtoqining ikki yoniga guldastalar ishlangan. Ziyoratxona va goʻrxona tomlari gumbazli. Sharq tomondan ziyeratxonaga taqab Bibi Buvaydaning nabirasi qabri ustiga kichik xona qurilgan. Maqbara bezaksiz, ichkarisi ganch bilan suvalgan. Eshigi oʻyma handasiy naqshli. Bino qurilishida pishik gʻisht (25x25x5 smli) ishlatilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil