Bigaradiya, achchiq apelsin, poʻrtaxol (Citrus aurantium L.) — toshbaqatoldoshlar oilasiga mansub doim yashil oʻsimlik. B.ning vatani — Jan.Sharqiy Osiyo. Kavkazning Qora dengiz boʻyida tarqalgan. B.ning guli yirik, oq, qoʻsh jinsli. Mevasi dumaloq, uchi bir oz yassi, oʻrtacha ogʻirligi 100 — 150 g, qobigʻi qalin, gʻadirbudur, och qizil, goyat xushboʻi, 10 — 20 pallalik, jigarrang, urugʻi koʻp. Mevasi yeyishga yaramaydi, murabbo, kompot qilinadi. Bargidan turli efir moylari olinadi. B. urugʻi va qalamchasidan koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda B. apelsin, limon va mandarin kabi sitrus oʻsimliklar uchun payvandtag sifatida ishlatiladi yoki manzarali daraxt sifatida tuvaklarda oʻstiriladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil