Bilol ibn Raboh

Ummat ichida qadrli kishilardan biri edilar. Paygʻambarimiz vafotidan soʻng faqat ikki marta azon aytganlar.
(Bilol ibn Ruboh Habashiydan yoʻnaltirildi)

Bilol ibn Raboh (arabcha: بلال بن رباح) – toʻliq ismi Abu Abdullo Bilol ibn Raboh al-Habashiy (? – 641) – islom tarixidagi birinchi muazzin[1]. Baland, shirali, taʼsirli ovozga ega boʻlgan. Asli habashistonlik, Makkada islomni birinchilardan boʻlib qabul qilgan qullardan. Xojasi Umayya ibn Halaf islomdan voz kechishni talab etib, Bilolga toqat qilib boʻlmas azoblarni bergan. Abu Bakr Siddiq Bilolni Umayyadan sotib olib, ozodlikka chiqargan. Muhammad bilan Madinaga hijrat qilgan. 622-yil Madinada ommaviy azon aytish joriy etilganda u birinchi boʻlib baland ovozi bilan musulmonlarni namozga chorlagan va bir necha yil davomida Muhammad s.a.v.ga muazzinlik qilgan. Paygʻambar vafotidan soʻng Shomda yashagan va hazrat Husaynning iltimosiga koʻra Madinaga kelganida bir bor bomdod namozi azonini aytgan, degan rivoyat bor. Qabri Suriya davlatining Damashq shahrida joylashgan

Bilol ibn Rabohning qabri

Bilolga qadar namozga chorlov namoz vaqti, namoz vaqti deya chaqiriq boʻlgan bu hayqiriqni Abdulloh ibn Zayd amalga oshirganlar. Bir muncha vaqtdan soʻng Azon soʻzlari Abdulloh ibn Zaydning tushlarida ayon boʻlgan. Shundan soʻng ovozlari shirali va baland boʻlgani uchun Bilolga azon aytish masuliyati yuklatilgan. Bilol tahajjud vaqtida ham azon aytganlar.

Manbalar

tahrir
  1. „Bilol ibn Raboh“. 2024-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral, 2024-yil.