Birlashgan Millatlar Tashkiloti kotibiyati

40.7492°0′0″N 73.9676°0′0″W / 40.74920°N 73.96760°W / 40.74920; -73.96760

Birlashgan Millatlar Tashkiloti kotibiyati
Til(lar)i ingliz, fransuz

Birlashgan Millatlar Tashkiloti kotibiyati Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT)[1] oltita asosiy organlaridan biri boʻlib, BMTning boshqa organlari, uning qoʻmitalari, siyosiy missiyalari, iqtisodiy va ijtimoiy komissiyalarining maʼmuriy va texnik xizmatlari hamda tinchlikparvarlik operatsiyalari uchun masʼul boʻlib, BMT konferentsiyalari ishi, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati tuzilmalari bilan aloqalarni saqlash faoliyatini taʼminlaydi.

Kotibiyat ishiga rahbarlik qilish va uning tarkibidagi lavozimlarga tayinlash Xavfsizlik Kengashi tavsiyasiga binoan Bosh Assambleya tomonidan 5 yil muddatga tayinlanadigan BMT Bosh kotibi tomonidan amalga oshiriladi[2].

Birlashgan Millatlar Tashkiloti kotibiyati tarkibiga BMT dasturlari va fondlari hamda BMT ixtisoslashgan agentliklari (XMT, JSST, YuNESKO, XVF va Jahon banki guruhi hamda boshqa avtonom xalqaro hukumatlararo tashkilotlar) xodimlari kirmaydi.

Manbalar

tahrir
  1. „Main Organs“. United Nations (2014-yil 18-noyabr). 2015-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-aprel.
  2. „UN Secretariat“. United Nations (2014-yil 18-noyabr). 2015-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-aprel.