Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ijtimoiy rivojlanish komissiyasi
Ijtimoiy rivojlanish komissiyasi (CSocD) 1946-yildan beri Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (ECOSOC) tomonidan tashkil etilgan sakkizta funksional komissiyalardan biri boʻlib, unga maslahat berish va oʻz ishini bajarishda yordam beradi[1].
Qisqartma | CSocD |
---|---|
Turi | Hukumatlararo tashkilot, Nazorat qiluvchi organ, Maslahat kengashi |
Maqomi | Faol |
Ishga tushgan sanasi | 1946-yil 16-fevral |
Joylashuvi | Nyu York, AQSh |
Bosh kotib |
BMT Ijtimoiy rivojlanish komissiyasi raisi Nikulas Xannigan |
Oʻziga tegishli tashkilotlar | Birlashgan millatlar tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy kengashi |
Vebsayti | CSocD at un.org |
Ijtimoiy rivojlanish komissiyasi[1] EKOSOS tomonidan saylangan 46 aʼzodan iborat.
1995-yilda Kopengagenda Ijtimoiy rivojlanish boʻyicha Butunjahon sammiti chaqirilgandan beri komissiya Kopengagen deklaratsiyasi va Harakatlar dasturini kuzatish va amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan BMTning asosiy organi hisoblanadi. Sammit yakunlari boʻyicha komissiyaning vakolatlari koʻrib chiqildi va uning aʼzolari 1996-yildagi 32 tadan 46 tagacha kengaytirildi. Tashkilot aʼzolari yiliga bir marta Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida, odatda fevral oyida taxminan ikki hafta davomida yigʻiladi. 2020-yilda Komissiya ijtimoiy rivojlanish boʻyicha Kopengagen deklaratsiyasining 25 yilligini va komissiyaning 75 yilligini nishonladi[2].
1995-yildan beri har yili komissiya Kopengagen sammiti natijalarini kuzatish doirasida ijtimoiy rivojlanishning asosiy mavzularini koʻrib chiqadi. 1996-yilda „qashshoqlikni bartaraf etish boʻyicha strategiya va harakatlar“[3] ustuvor mavzu boʻlgan boʻlsa, yaqinda 2020-yilda „Uy-joysizlikni bartaraf etish uchun hamma uchun arzon uy-joy va ijtimoiy himoya tizimlari“ ustuvor mavzu boʻlgan[4].
Ijtimoiy rivojlanish boʻyicha Butunjahon sammiti, Kopengagen, 1995-yil mart
tahrirIjtimoiy rivojlanish boʻyicha Butunjahon sammitida hukumatlar taraqqiyot markaziga odamlarni qoʻyish zarurligi toʻgʻrisida yangi konsensusga erishdilar. Ijtimoiy sammit oʻsha paytdagi dunyo yetakchilarining eng yirik yigʻilishi edi. Summit qashshoqlikni yoʻq qilish, toʻliq bandlikni yaratish va ijtimoiy integratsiyani rivojlantirishga vaʼda berdi.
Sammit yakunida hukumatlar Kopengagen deklaratsiyasini, oʻnta majburiyatni (quyida sanab oʻtilgan) va Jahon ijtimoiy sammitining harakat dasturini[2] qabul qildilar.
- Odamlarga ijtimoiy taraqqiyotga erishish imkonini beradigan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va huquqiy muhitni yaratish;
- Har bir mamlakat tomonidan belgilangan maqsadli sanagacha mutlaq qashshoqlikni yoʻq qilish;
- Asosiy siyosat maqsadi sifatida toʻliq bandlikni qoʻllab-quvvatlash;
- Barcha inson huquqlarini mustahkamlash va himoya qilish asosida ijtimoiy integratsiyani ragʻbatlantirish;
- Ayollar va erkaklar oʻrtasida tenglikka erishish;
- Taʼlim va birlamchi tibbiy yordamdan universal va teng foydalanishga erishish;
- Afrika va kam rivojlangan mamlakatlarning rivojlanishini tezlashtirish;
- Strukturaviy tuzatish dasturlari ijtimoiy rivojlanish maqsadlarini qamrab olishini taʼminlash;
- Ijtimoiy rivojlanishga ajratiladigan resurslarni koʻpaytirish;
- BMT orqali ijtimoiy rivojlanish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish.
Besh yil oʻtgach, hukumatlar 2000-yil iyun oyida Jenevada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 24-maxsus sessiyasida erishilgan natijalarni koʻrib chiqish va yangi tashabbuslarga kirishish uchun qayta yigʻilishdi.
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Subsidiary Bodies of ECOSOC“. ECOSOC. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
- ↑ „Celebrating 25 years of Championing Social Inclusion“. United Nations. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
- ↑ „34th Session of the Commission for Social Development (CSocD34)“. United Nations. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
- ↑ „58th Session of the Commission for Social Development – CSocD58“. United Nations. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.