Biznes jurnalistika
Biznes jurnalistika — bu jamiyatda sodir boʻlayotgan biznes, iqtisodiyot va moliya sohalaridagi oʻzgarishlarni kuzatuvchi, tahlil qiluvchi va sharhlovchi jurnalistikaning bir qismi. Jurnalistikaning ushbu sohasidagi mavzular iqtisodiyot bilan bogʻliq barcha tijoriy faoliyatni oʻz ichiga qamrab oladi.
Biznes jurnalistikasida tadbirkorlik sohasiga oid odamlar, joylar va muammolar haqidagi yangiliklar va tahliliy maqolalar taqdim etiladi. Shu sababli, radio va televideniye yangiliklarining katta qismi biznes segmentini oʻz ichiga oladi. Jurnalistikaning bu turi biznes va moliyaviy jurnalistikaga bagʻishlangan nashrlar, radio va televideniye kanallarida professionalroq tarzda namoyon boʻlishi mumkin.
Tarixi
tahrirBiznes jurnalistikasidan oʻrta asrlardayoq taniqli savdogar oilalar oʻzaro muloqot qilishda yordam sifatida foydalanishni boshlagan[1].
Taxminan 1700-yillarda oʻzining romanlari ayniqsa, Robinzon Cruso bilan mashhur boʻlgan Daniel Defoe, biznes va iqtisodiy yangiliklarni nashr eta boshlagan[2]. 1882-yilda esa Charles Dou, Edvard Jones va Charles Bergstresser Wall Street boʻylab investitsiya uylariga yangiliklarni yetkazib beradigan simli xizmatni boshlagan[1]. Shu tariqa biznes jurnalistika rivoj topib, 1889-yilda The Wall Street Journal nashr qilina boshlagan[1].
Oʻsha vaqtlarda, mashhur shaxslarning shaxsiy hayoti haqidagi shov-shuvli maʼlumotlarni yashirincha izlab topib, ularni ommagan namoyish qilishi bilan tanilgan jurnalist Ida Tarbell oʻzini biznes muxbiri deb hisoblamagan. Lekin uning 1902-yilda Standard Oil kompaniyasi toʻgʻrisida tayyorlagan reportaji va tahliliy maqolasi minglab biznes jurnalistlarining kompaniyalar faoliyatini qanday yoritish kerakligi haqidagi shabloniga aylangan[3].
1990-yillarda qimmatli qogʻozlar bozoriga kengroq investitsiyalar kiritilishi tufayli jurnalistik materiallarda biznesni qamrab olish mashhurlikka erishdi.
Wall Street Journal biznes jurnalistikasining yorqin namunalaridan biri boʻlib, Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi adadi va maqolalari chop etiladigan jurnalistlarga nisbatan hurmat nazarida qaralishi boʻyicha eng yaxshi gazetalar qatoriga kiradi.
Soha xodimlari
tahrirBu sohada faoliyat yurituvchi jurnalistlar „biznes jurnalistlar“ deb tasniflanadi. Ularning asosiy vazifasi biznes bilan bogʻliq boʻlgan dolzarb voqealar haqida maʼlumot toʻplashdir.
Shuningdek, ular biznes sohasida roʻy berayotgan jarayonlar, tendensiyalar, muhim shaxslar va tahlillarni yoritishi, shuningdek, oʻz ishlarini barcha turdagi ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishi mumkin.
Qoʻllanilish doirasi
tahrirBiznes jurnalistikasi iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan soha hisoblanadi. Lekin uchinchi dunyo va rivojlanayotgan mamlakatlarda soha juda cheklangan. Bu kamchilik esa shunday mamlakatlar fuqarolarini mahalliy va xalqaro miqyosda juda noqulay ahvolda qoldiradi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „main_frame.htm“. History of Business Journalism. Carolina Business News Initiative, University of North Carolina at Chapel Hill School of Journalism and Mass Communication. Qaraldi: 24-avgust 2011-yil.
- ↑ Margarett A. James, and Dorothy F. Tucker. „Daniel Defoe, Journalist.“ Business History Review 2.1 (1928): 2-6.
- ↑ Roush. „Book Reviews: Taking on the Trust“. BusinessJournalism.org (2008-yil may). 2012-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-avgust 2011-yil.
Oʻqish uchun
tahrir- Weinberg, Steve. Taking on the Trust: The Epic Battle of Ida Tarbell and John D. Rockefeller. New York: W.W. Norton, 2008. ISBN 978-0-393-04935-0. OCLC 154706823.
- Profits and Losses: Business Journalism and its Role in Society, Roush, Chris, 2010. Marion Street Press: Portland, OR. ISBN 978-1936863181ISBN 978-1936863181
- Show me the Money: Writing Business and Economics Stories for Mass Communication, Roush, Chris, 2016, Routledge: New York. ISBN 978-1138188389ISBN 978-1138188389