Blasto sel (blasto... va yunoncha Koilos — boʻshliq), segment boʻshliq, boʻlinish boʻshligʻi, birlamchi tana boʻshligʻi — hayvonlar embrional rivojlanishi davrida blastomerlar oraligʻida hosil boʻladigan boʻshliq. Blasto sel kimyoviy tarkibiga ko'ra atrof muhitdan farq qiladigan suyuqlik bilan toʻlib turadi. Blasto sel blastulyatsiyaning oxiri, yaʼni blastula davrida ancha kengayadi. Blastulyatsiya jarayonida Blasto selni siljib kelayotgan hujayra elementlari asta-sekin siqib qoʻyadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil