Bob Burman
Bob Burman | |
---|---|
Tavalludi |
23-aprel 1884-yil Imlay City (Michigan), AQSH |
Vafoti |
8-aprel 1916-yil (31 yoshda) Riverside (California) |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Avtopoygachi |
Robert R. Burman (1884-yil 23-aprel – 1916-yil 8-aprel) amerikalik poygachi. 1900-yillarning boshlarida koʻplab tezlik rekordlarini oʻrnatgan[1]. U koʻplab tarixiy poygalarda qatnashgan va 1911-yilda Indianapolis 500 ning birinchi mavsumida ham ishtirok etgan haydovchilardan biri edi.
Faoliyati
tahrirBurman 1884-yil 23-aprelda Michigan shtatining Imlay shahrida tugʻilgan. 1906-yilda Jackson Automobile kompaniyasida yoʻl sinovchisi boʻlib ishlagan. U bir nechta poygalarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻldi va ularda oʻzini yaxshi koʻrsatdi[2]. 1908-yilda General Motors asoschisi William C. Durant Robert R. Burmannni poyga bahslariga kirishida yordam bergan[3].
Burman 1909-yilda Indy 500ning asosiy poygachisi boʻlgan. U Buickda Prest-O-Lite Trophy poygasida gʻolib chiqdi. U Buick jamoasi uchun 1909-yilda Vesper Club Trophy poygasida birinchi oʻrinni, 1909-yilda Louell Trophy poygasida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. 1910-yilda Burman Indianapolis avtopoygasida Remy Brassard Trophy 2 sovrinini qoʻlga kiritdi. 1911-yilda Burman oʻzining Buick 60 Special avtomobili bilan Nyu-Orleandagi Mardi Gras poygalarining birinchi toʻrttasida gʻolib chiqdi[4].
U 1912-yilgi Indianapolis 500 musobaqasida qatnashib, ikkinchi burilishda 157 aylanishdan keyin Cutting mashinasini halokatga uchratgan. Burman 1913-yilgi Indianapolis 500ni favorit sifatida boshladi va 41-davrada barchadan oldinga chiqdi. Lekin uning mashinasi 55-davrada yonib ketdi.
Vafoti
tahrir1916-yil 8-aprelda Bob Burman Corona poygasi paytida uning orqa shinalaridan biri portlashi va ochiq kabinali Peugeot mashinasi bilan toʻqnashishi natijasida halok boʻldi[5]. Shuningdek, uch tomoshabin halok bo‘ldi, yana besh nafari og‘ir yaralandi[6].
Mukofotlar
tahrirU 2011-yilda Milliy Sprint Avtomobil shon-shuhrat zaliga kiritildi[7].
Indianapolis 500 natijalari
tahrir
|
|
Galereya
tahrir-
Clark-Karter avtomobil kompaniyasi tomonidan 1912-yilgi Indianapolis 500 ishtirok etgan Burmanning halokatga uchragan Cutting avtomobili.
-
Bob Burmanning Indianapolisda 11-o'rinni egalladi.
-
Bob Burmanning Keeton poygachisi (surat Jorj L Muni tomonidan 1913 yilda olingan)
-
Bob Burman va uning Blitzen Benz mashinasi, 1911-yil
-
1910-yilda Buick poyga jamoasi tarkibida
Manbalar
tahrir- ↑ Bob Burman. Indianapolis Motor Speedway Museum. Retrieved 23 February 2022.
- ↑ Wild Ride Hour Detroit. Retrieved 24 February 2022.
- ↑ Marcus, Ted (23 June 2020). „How Auto Industry Giant General Motors came to be“. Dyler.
- ↑ Bailey, Tanya A. (15 May 2014). The First American Grand Prix: The Savannah Auto Races, 1908-1911. McFarland. ISBN 978-0786476978.
- ↑ „'Bob' Burman Killed in California Race. His Mechanician and a Track Guard Also Die When Machine Overturns.“. The New York Times (1916-yil 9-aprel). 2018-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. „Bob Burman of Detroit, noted automobile racer; his mechanician, Eric Schroeder of Chicago, and a track guard are dead tonight as a result of the overturning of Burman's car in the Corona road race here today. Five spectators were injured, several seriously.“.
- ↑ „'Wild Bob' Burman and Chicago Boy Die in Auto Crash. Corona Guard also Killed When Demon Plunges into Crowd; 5 Hurt“. Chicago Tribune (1916-yil 9-aprel). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. „'Wild Bob' Burman of Detroit, Mechanician Eric Schrader of Chicago, and Track Policeman W. H. Speer, dead, and five spectators injured three of whom may die ...“.
- ↑ „13 Inductees set as Class of 2011 for National Sprint Car Hall of Fame“. National Sprint Car Hall of Fame & Museum. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-iyul.