Boboqul To‘xtayev
Boboqul Yorqulovich Toʻxtayev – introduktor, biologiya fanlari doktori, professor[1].
Boboqul Yorqulovich To‘xtayev | |
---|---|
Tavalludi |
13-oktyabr 1958-yil Zarmitan qishlogʻi, Qiziltepa tumani |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston SSR, Oʻzbekiston Respublikasi |
Kasbi | olim, pedagog |
Sohasi | biologiya |
Ish joylari | Buxoro davlat universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi |
Taʼlimi | Samarqand davlat universitetining biologiya fakulteti |
Ilmiy darajasi | biologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Tezis sarlavhasi | „Oʻzbekistonning shoʻr yerlarida dorivor oʻsimliklar introduksiyasi“ (dokorlik, 2009) |
Tarjimayi holi
tahrirBoboqul Toʻxtayev 1958-yil 13-oktyabrda Qiziltepa tumani Zarmitan qishlogʻida tugʻilgan. 1981-yilda Samarqand davlat universitetining biologiya fakultetini tugatgan. 1981-yilda Toshkent shahriga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutiga ishga keladi. Botanika institutida dastavval stajor-tadqiqotchi lavozimida ishlagan. 1982-yilda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Urugʻchilik inspeksiyasida agronom-metodist lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Boboqul Toʻxtayev 1991-yilda „Shirinmiyaning shoʻr tuproqlarda oʻzlashtiruvchi oʻsimlik sifatida foydalanilishi va bioekologik xususiyatlari“ mavzusida fan nomzodligi uchun dissertatsiyani himoya qiladi[2]. 1992-yilda Buxoro davlat universitetida oʻqituvchi va dekan muovini lavozimlarida ishlaydi. 1993-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi F. N. Rusanov nomidagi Botanika bogʻining Tibbiyot botanikasi laboratoriyasida ish boshlaydi. Laboratoriyada dastlab kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim va laboratoriya mudiri lavozimlarida ishlaydi.
U 2001-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Botanika“ ilmiy ishlab chiqarish markazi tashkil etilgach Botanika bogʻi direktori, 2003—2008-yillarda „Botanika“ ilmiy ishlab chiqarish markazi laboratoriya mudiri lavozimida ishlaydi. 2008-yildan boshlab „Botanika“ ilmiy ishlab chiqarish markazi bosh direktori lavozimiga tayinlanadi.
Boboqul Toʻxtayev 2009-yilda „Oʻzbekistonning shoʻr yerlarida dorivor oʻsimliklar introduksiyasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 2012—2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot olami genofondi institutining direktori, keyinchalik „Dorivor oʻsimliklar“ laboratoriyasining mudiri va loyiha rahbari lavozimlarida faoliyat olib boradi. Institut qoshidagi doktorlik dissertatsiyasi himoyasi boʻyicha ilmiy kengash aʼzosi.
Boboqul Toʻxtayev 120 dan ortiq maqolalar va tezislar muallifi.