Boburjon Zoirjon oʻgʻli Omonov (tugʻ. 2000-yil 11-oktyabr, Marhamat tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, yadro uloqtirish boʻyicha F41 toifasida ixtisoslashgan. Para-Osiyo oʻyinlari, Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionati hamda Tokio va Parij Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi.

Boburjon Omonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Boburjon Zoirjon o'g'li Omonov
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 11-oktyabr 2000-yil (2000-10-11) (23 yosh)
Marhamat tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston
Mukofotlar Oʻzbekiston iftixori
Sport
Qaysi sport Paralimpiya yengil atletika

Faoliyati

tahrir

2016-yildan murabbiy Mavlon Haydarov rahbarligida paralimpiya sporti bilan shugʻullana boshladi. 2017-yildan boshlab u xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. 2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida gʻolib boʻldi. 2019-yilda Dubayda (BAA) oʻtkazilgan Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida (HPK) yadro uloqtirishda 14,31 metr natija bilan oltin medal va Tokiodagi Paralimpiya oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritdi[1][2].

2021-yilda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida F41 toifasida erkaklar oʻrtasida yadro uloqtirish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritdi, Boburjon Omonov 14,06 metr natija bilan Paralimpiya rekordini yangiladi[3]. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Omonovni Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirladi[4].

Boburjon 2023 yil iyul oyida Parijda (Frantsiya) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida F41 toifasida erkaklar oʻrtasida yadro uloqtirish boʻyicha 14 m 73 sm natija koʻrsatib, oltin medalni qoʻlga kiritdi va shu tariqa jahon chempionati rekordini yangiladi hamda 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritdi[5].

Oʻsha yilning oktabr oyida Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarining F41 toifasida erkaklar oʻrtasida yadro uloqtirish boʻyicha Boburjon Omonov 13,14 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u ushbu fan boʻyicha Paraosiyo oʻyinlari rekordini oʻrnatdi[6]. Boburjon Omonov 2024-yilgi Parij Paralimpiya oʻyinlarida 14.32 metr natija qayd etib, ikki karra paraolimpiya chempioniga aylandi[7].

Eʼtiborlisi, 23 yoshli sportchi Tokioda oʻzi oʻrnatgan rekordini yangiladi[8].

Mukofotlari

tahrir

2021-yilda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

2024-yilda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni berilgan[9]

Manbalar

tahrir
  1. „Дубайдан гапирамиз! Бобиржон Омонов Пара атлетика бўйича жаҳон чемпиони бўлди ва Паралимпия ўйинлари йўлланмасини қўлга киритди – O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi“ (uz-UZ). 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  2. „Наши пара-атлеты начали Гран-При с мировым рекордом“. weightlifting.uz. 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  3. UzDaily. „Бобуржон Омонов завоевал золотую медаль“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  4. uza.uz. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на ХVI летних Паралимпийских играх в городе Токио“ (uz). Uza.uz (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
  5. „O‘zbekistonlik parayengil atletikachilar Jahon chempionatida 17 ta medalga ega chiqdi Qaralgan sana=3.09.2024“ (daryo.uz).
  6. „Bobur Omonov Paraosiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatib oltin medalga sazovor bo‘ldi, veloshosseda bronza Qaralgan sana=3.09.2024“ (kun.uz).
  7. „Musobaqa rekordini o‘rnatgan Bobur Omonov Paralimpiya chempionligini qo‘lga kiritdi Qaralgan sana=3.09.2024“ (daryo.uz).
  8. „Paralimpiya. Bobur Omonov musobaqa rekordini o‘rnatdi Qaralgan sana=3.09.2024“ (daryo.uz).
  9. „Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХVII ёзги Паралимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони“. president.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.