Bogdan Vovkovich
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Bohdan Grigorovich Vovkovich (ruscha: Вовкович, Богдан Григорович; 10-may 1939-yil, Stanislav) – himoyachi pozitsiyasida oʻynagan sovet futbolchisi. U birinchi navbatda Ivano-Frankovskning „B“ toifasidagi „Spartak“ jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan va u „B“ toifasida 100 ga yaqin oʻyin oʻtkazgan. Futboldagi faoliyatini yakunlaganidan soʻng futbol va xokkey boʻyicha murabbiy, futbol hakami va futbol funksioneri, 5 yil davomida Ivano-Frankivskdagi „Rux“ stadioni direktori boʻlgan[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Bogdan Grigorovich Vovkovich | ||
Tavallud sanasi | 10-may 1939-yil | ||
Tavallud joyi | Ivano-frankovsk SSSR | ||
Boʻyi | 180 cm (5 ft 11 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Vazni | 77 kg | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1960-1963 | FC Spartak Ivano-Frankivsk | 82 | (0) |
1963 | Budivelnik | 8 | (0) |
1964 | FC Spartak Ivano-Frankivsk | 15 | (0) |
1965 | Budivelnik | 33 | (0) |
1966 | Politodel | ? | (0) |
1966-1967 | FC Zirka Kropyvnytskyi | 46 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klub faoliyati
tahrirBogdan Vovkovich Ivano-frankovskda tugʻilgan, u yerda futbol oʻynashni boshlagan. U mahalliy „Xarchovik“ havaskorlar jamoasi tarkibida futbol oʻynashni boshlagan va 1959-yilda SSSR „B“ toifali ligasida ishtirok etuvchi jamoasi „Spartak“ klubiga taklif qilingan. U 1960-yilda yangi jamoasi tarkibida debyut qilgan. 1964-yilgacha klub tarkibida qisqa vaqt davomida oʻynadi va bosh murabbiy Viktor Fomin bilan ziddiyatdan soʻng Ivano-Frankivsk jamoasini tark etdi va boshqa jamoa tarkibiga oʻtgan. 1965-yil Beltsy shahrining „B“ ligada ishtirok etuvchi „Budivelnik“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 1966-yil boshida Bogdan Vovkovich Toshkent viloyatining "Politodel" tarkibida SSSR „A“ ligasining ikki guruh musoboqalarida ishtirok etgan. Shu yilning oʻzida „A“ toifasi ikkinchi guruhining zona turniri gʻolibi boʻldi va ikkinchi Sovet divizionining eng yaxshi jamoalari final turnirida uchinchi oʻrinni egalladi. Bogdan mavsum davomida u „A“ toifasining ikkinchi guruhining boshqa jamoasi, Kropivnitskiy „Zirka“ jamoasi tarkibiga qoʻshilgan. 1967-yil oxirigacha oʻynadi, shundan soʻng u futbol maydonlarida ofaoliyatini yakunlagan[2].
Futboldan keyingi faoliyati
tahrirFutbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, Bogdan Vovkovich Ivano-Frankivsk neft va gaz institutining jismoniy tarbiya kafedrasi oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Shu bilan birga, u futbol va xokkey boʻyicha murabbiy boʻldi, institutning futbol jamoasini, shuningdek, Ukraina SSR chempionatida oʻynagan „Burevisnyk“ xokkey jamoasini musoboqalarga tayyorlagan. Bogdan Vovkovich, shuningdek, futbol va xokkey boʻyicha hakamlik vakolatini olgan.
1978-yilda Bogdan Vovkovich Bokuning SKA havaskor futbol jamoasini boshqargan, shundan soʻng u Ivano-Frankivsk shahriga qaytib, mintaqadagi bir qator havaskor jamoalarida murabbiylik qilgan. 1991-yilda Ivano-Frankivskdagi „Rux“ stadioni direktori boʻldi va bu lavozimda 1996-yilgacha ishladi. 1990-yildan 2017-yilgacha viloyat futbol federaciyasida ishlagan. Shuningdek, 2009–2011-yillarda u Gʻarbiy Ukraina havaskor xokkey ligasi xokkey oʻyinlarida hakam boʻlib ishlagan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Богдан Вовкович: «Рух — це життя»“. 16 квітня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 квітня 2021.
- ↑ „Лицар спорту! Богдану Вовковичу — 80!“. 16 квітня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 квітня 2021.
Havolalar
tahrir- Bogdan Vovkovich FootballFacts.ru saytida (ruscha)