"Doʻstlik" — Toshkent viloyati Doʻstlik qishlogʻining sobiq oʻzbek futbol klubi, 1993—2003-yillarda Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻynagan.

Dostlik Tachkent
Toʻliq nomi Futbol klubi Dostlik Tachkent
Asos solingan 1963
Tugatilgan 2003
Stadion Do'stlik Stadion
Stadion hajmi 4000
Musobaqasi
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Shuningdek, Toshkent viloyatining Yangibozor qishlogʻi nomidan oʻynagan[1].

Oʻzining soʻnggi mavsumida milliy chempionatda „Doʻstlik“ 11-oʻrinni egallagan[2], 2003-yil oxirida esa Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi oldidagi qarzlari tufayli tarqatib yuborilgan[3]. Klub hozirda mavjud emas.[4]

Tarixi

tahrir

Jamoa nomlari tarixi

tahrir
  • 1962-yilgacha — „Paxtakor“
  • 1963—1991 — „Politotdel“
  • 1992 — „Politotdel“-RUOR
  • 1993—1995 — „Politotdel“
  • 1996—2003 — „Doʻstlik“

SSSR Chempionatlarida

tahrir

Klub 1962-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubining ikkinchi jamoasi sifatida tashkil etilgan boʻlsa, 1963-yilda „Politotdel Toshkent“ nomi bilan mustaqil klubga aylandi.

1962-yilda u SSSR chempionatining 2-zonasida B toifasida debyut qildi va u yerda 12-oʻrinni egalladi.

1963-yilda SSSR ligalari tizimi yana qayta tashkil etilgandan soʻng, u Politotdel sifatida B toifasi, 2-zonasiga tushirildi.

1964-yilda u final turnirida 3-oʻrinni egalladi va ikkinchi A guruhiga yoʻl oldi.

1970-yilda SSSR ligalari tizimi yana bir marta qayta tashkil etilgandan soʻng, u yana Ikkinchi liga, 5-zonaga tushib ketdi. 1971-yilda u 13-oʻrinni egalladi, ammo u endi professional musobaqalarda emas, balki faqat mahalliy turnirlarda oʻynadi.

Shuningdek, 1962 va 1964—1970-yillarda jamoa SSSR kubogida qatnashgan.

Oʻzbekiston Chempionatlarida

tahrir

1991-yilda " Politodel " nomini oldi. 1996-yilda Doʻstlik nomi qabul qilindi. 1993-yilda Oʻzbekiston Oliy ligasiga koʻtarilgan.

U 1999—2000-yillar oraligʻida ikki marta Oʻzbekiston chempioni va hattoki 2000-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritib oltin dublga erishgan.

Klub 2004-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Oʻzbekiston futbol federasiyasi oldidagi aʼzolik qarzlarini toʻlamagani uchun Oliy ligadan chetlatilgan, shundan soʻng quyi divizionga tushirilgan va jamoa 2009-yilgi mavsum boshlanishidan oldin moliyaviy muammolar tufayli gʻoyib boʻldi.

Mahalliy

tahrir
Mavsum Chempionat Oʻzbekiston kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
LIga D M UG OʻG +/- O Ism Liga
1992 Oʻzbekiston Birinchi ligasi 2 30 21 5 4 61 26 +35 47
1993 Oʻzbekiston Superligasi 9 30 12 2 16 52 52 0 26 1/8 final
1994 7 30 14 7 9 45 35 +10 35 Chorak final
1995 6 30 11 6 13 39 51 −12 39 1/8 final
1996 4 30 17 4 9 52 38 +14 55 Yarim final
1997 4 34 19 5 10 87 56 +31 62 Yarim final
1998 8 30 11 10 9 57 43 +14 43 Chorak final
1999 1 30 20 4 6 79 45 +34 64
2000 1 38 30 4 4 108 44 +64 94 Gʻolib
2001 9 34 14 5 15 73 60 +13 47 Chorak final
2002 9 30 11 2 17 37 49 −12 35 1/8 final
2003 10 30 10 3 17 40 59 −19 33 1/8 final

Xalqaro Musobaqalarda natijalar

tahrir

"Doʻstlik" klubi 2001-yilgi klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan, biroq Tojikistondagi fuqarolar urushi sabab „Varzob Dushanbe“ga qarshi birinchi safar oʻyinida qatnasha olmagan. „Doʻstlik“ OFK tomonidan diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

Mavsum Musobaqa Bosqich Klub Home Away Natija
2000-01 Asian Cup Winners' Cup Birinchi bosqich Varzob Dushanbe w/o1

1 FK „Doʻstlik“ Tojikistondagi fuqarolar urushi (?) sababli Dushanbedagi 1-oʻyinga kelmadi; ular musobaqadan chetlashtirildi va 10 000 dollar jarimaga tortildi.

Yutuqlari

tahrir

Boshqaruv tarixi

tahrir
  • 1962: Dobin Shegay
  • 1963 yil: Nikolay Fedorchenko
  • 1964 yil: Sergey Budagov
  • 1965-1967: Andrey Chen Ir Son
  • 1967 yil: Viktor Sokolov
  • 1968 yil: Mikola Kuznetsov
  • 1969 yil: Yevgeniy Yeliseyev

  • 1994 yil: Viktor Jalilov

  • 01.1996-23.08.1996: Rustam Mirsodiqov
  • 23-avgust 1996-12 1996: Mahmud Rahimov

  • 05.1998-06.1998: Viktor Matvyjenko
  • 1999 yil: Rustam Mirsodiqov
  • 2000 yil: Leonid Ostrouszko

  • 2003-0?2003: Noʻmon Hasanov

Mashhur futbolchilar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Дустлик, Ташкентская область (Янгибазар)“. fc-dynamo.ru. Qaraldi: 28-oktyabr 2021-yil.
  2. Mike Dryomin, Sardorbek Yusupov. „Uzbekistan 2003“ (inglizcha). RSSSF. 2012-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-noyabr.
  3. Mike Dryomin. „Uzbekistan 2004“ (inglizcha). RSSSF. 2012-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-noyabr.
  4. Харламов А. „Летальный исход. Ближнее зарубежье“. Sports.ru (2007-yil 22-sentyabr). 2012-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-noyabr.

Havolalar

tahrir