Bogdo-oʻla
(Bogdo-o‘ladan yoʻnaltirildi)
Bogdo-oʻla — Xitoydagi togʻ tizmasi, Sharqiy Tyanshanda. Balandligi 5445 m gacha (BogdoOʻla togʻi). Kenglik yoʻnalishida qariyb 300 km ga choʻzilgan, shimolida Turfon botigi, janubida Jungʻoriya tekisligini oʻrab turadi. Asosan kembriydan oldingi va paleozoy davrlari jinslaridan tuzilgan. Yon bagʻirlari tik, doimiy qor va muzliklar bor. Landshaft mintaqalari: quyi mintaqa — choʻl va dasht, 1700–2900 m balandlikda — oʻtloqlar va ignabargli oʻrmonlar, 2900–3700 m balandda — butalar, alp oʻtloqlari va nival mintaqa.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |