Tyan-Shan[1] yoki Tangritogʻ[2]Markaziy Osiyodagi eng baland va uzoq masofaga choʻzilgan togʻ tizmalari sistemasi. Gʻarbiy qismi Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonda, sharqiy qismi esa Xitoy hududidadir. Tyan-Shan bir necha togʻ tizmalaridan tashkil topgan boʻlib, ularning koʻpchiligi kenglik boʻylab, 2550 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. Tyan-Shan shimolda Moʻyinqum qumliklari, Ili botigʻi, Jungʻariya Olatovi, janubda Fargʻona va Tarim botiqlari, gʻarbda Sirdaryoning oʻrta qismi, sharqda Gobi choʻllari va Beyshan togʻlarigacha yetib borgan. Shimolda Sharqiy Tyanshanga kiruvchi Boroxoro tizmasi, Jungʻariya Olatovi, Markaziy Tyanshanda Qaqshaltov tizmasi, janubi-gʻarbda Olay tizmasi bilan tutashadi. Baʼzi geolog va geofaf olimlar Jungʻariya Olatovi va OlayHisor tizmalarini ham Tyan-Shan tarkibiga kiritadilar. Tyan-Shanga kiruvchi koʻpchilik tizmalar geografik kenglik yoki kenglikka yaqin yoʻnalish boʻylab, baʼzi tizmalari esa (Qoratogʻ, Fargʻona, Nurota va boshqalar) meridianal yoʻnalishga yaqin choʻzilgan. Eng baland joyi Qirgʻiziston va Xitoy chegarasidagi Gʻalaba choʻqqisi (balandligi 7439 m). Uning yaqinida balandligi 6995 m li Xontangri choʻqqisi koʻtarilgan. Togʻ tizmalari shu choʻqqilardan gʻarb va sharq tomonga yelpigʻichsimon tarmoqlanib, pasayib boradi.

Joylashishi

tahrir

Tyan-Shanning markaziy qismi Qirgʻizistonga, shimoliy va gʻarb butogʻlari Qozogʻistonga, janubiy-gʻarb chekkasi Oʻzbekiston bilan Tojikistonga, sharqiy qismi Xitoyga tegishli. Gʻarbdan sharqqa tomon 2500 km-ga choʻzilib yotibdi, eni 400 km. Tyan-Shan shimolida Ahabek butogʻi orqali Jetisu Alatovi bilan, jabubida Oloy butogʻi orqali Pamir togʻining maʼlum qismi bilan kesishadi. Shimoliy chegarasi: gʻarbda Qile vodiysi, Mo'yinqum, sharqda Joʻngʻor tekisligi. Janubiy chegarasi sharqda Tarim jarliklariga toʻgʻri keladi. Eng baland choʻqqisi — Gʻalaba choʻqqisi (7439 m.). Tyan-Shan enlik butogʻlar bilan ularni bir-biridan ajratib turgan togʻ oraliq yirik jarliklardan iborat.

Orografiyalik tuzulishi

tahrir

Orografiyalik tuzulishidan Shimoliy, Markaziy, Gʻarbiy, Sharqiy va Janubiy qismlarga boʻlinadi. Shimoliy Tyan-Shan Ketpen, Kungey Olatov, Ile Olatovi, Qirgʻiz Olatovi va Chu-Ili togʻlaridan iborat. Shimoliy Tyan-Shan butogʻlari 4,5 ming metrdan baland: Teriskey Olatovi (5218 m), Qile Olatovi (4973 m), Qirgʻiz Olatovi (4875 m). Gʻarbiy Tyan-Shanga Fargʻona, Talas Olatovi bilan undan tarqaladigan, Piskem, Shatqal butogʻlari va Qoratov kiradi. Gʻarbiy Tyan-Shan butogʻlari asta-sekin shimoli-gʻarbga tomon 4,5 ming metrdan 2,5 — 2 ming metrgacha pasayadi. Fargʻona vodiysi Gʻarbiy va Janubiy Tyan-Shanni bir-biridan boʻladi. Markaziy (Ichki) Tyan-Shanga shimolda Issiqkoʻl jarligidan janubiy-gʻarbda Fargʻona jarligiga, janubiy-sharqda Koʻkshal-Too butogʻigacha boʻlgan oraliq kiradi. Bu butkul togʻ tarmogʻining eng baland choʻqqisi. Ayniqsa, uning sharqiy qismi baland (Gʻalaba choʻqqisi — 7439 m, Xon Tangri — 6995 m). Markaziy Tyan-Shanga Sirt deb ataluvchi taluqli, 3000 — 4000 metr balandlikda, atrofi baland butogʻlar bilan oʻralgan togʻ qirralari kiradi. Janubiy Tyan-Shan Oloy, Turkiston, Zarafshon va Gissar butogʻlaridan iboraTyan-Shan Sharqiy Tyan-Shan enlik boʻyi bilan choʻzilgan vodiylar, jarliklar bilan boʻlingan ikki qator toʻg qir-adirlaridan tashkil topgan. Boroxoro, Erenqabirgʻa, Bogdo-Ola, Qarlitov butogʻlari tashkil qiladigan shimoliy qir-adirlari uzun — sharqda 95 shimoli-gʻarbgacha choʻziladi. Janubiy qir-adir qisqaroq (90 shimoli-gʻarbgacha), asosiy qir-adirlari: Xalqtov, Sarman-Ula, Qurliqtov. Butogʻlarning boshi 4000 — 5000 m baland.

Iqlimi

tahrir
 
Issiqkoʻl

Togʻ etagining issiq, quruq iqlimidan baland choʻqqisining nivallik iqlimigacha oʻrin oladi. Iyulning oʻrtacha harorati 20 — 25S, markazida 15 — 17S, baland choʻqqisida 0 °C va undan ham kam. Yanvarning oʻrtacha harorati togʻ etagida −2 — 4S (janubda), −6 — 8S (shimolda). Qishda baland togʻli qir-adirlardan boshqa qismlarida sovuq ob-havo iliq oqimlari bilan almashib turadi. Yillik yogʻingarchilikning miqdori togʻ etagida 300 mm, togʻ butoqlarining yuqori qismida 800 mm. Yogʻingarchilikning eng koʻp yogʻadigan vaqti Tyan-Shanning shimoliy qismida yozga, janubida bahorga (mart — aprel) toʻgʻri keladi. Muzliklar katta tarqagan va keng koʻlamni tashkil etadi. Muz bosish yuzasi 7300 km², muzliklarning soni 7700-dan ziyod.

Qoʻriqxonalari

tahrir
 
Oqsuv-Jabagʻali

Tyan-Shan tabiati bilan uning oʻziga xos oʻsimliklar, hayvonlar olamini himoyalash uchun bir nechta qoʻriqxonalar va milliy parklar tashkil etilgan. Shulardan Oqsuv-Jabagʻali (1926), Almati (1931) qoʻriqxonalari katta ahamiyatga ega. 1996-yili Almati yaqini Ile Olatovining parki barpo etildi [3]

Adabiyotlar

tahrir
  • Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002; Shults V.L., Mashrapov P., Oʻrta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969; Shults S . S., Analiz noveyshey tektoniki i relyef TyanShanya, M., 1948; Mavlonova Gʻ. O., Mamatqulov M . M ., Oʻrta Osiyo toklarining qadimgi muzliklari, T., 1972;K,oriyev M ., Oʻrta Osiyo tabiiy geofafiyasi, T., 1968; Gvozdetskiy N. A., Mixaylov N. M., Fizicheskaya geofafiya SSSR (Aziatskaya chast), M., 1987; Chupaxin V.M., Fizicheskaya geografiya TyanShanya, AlmaAta, 1964; Shchukin I.S, Geomorfologiya Sredney Azii, M., 1983; Gvozdetskiy N.A., Golubchikov Yu.N., Gori, M., 1987.

Manbalar

tahrir
  1. xit. an’anaviy 天山, Tiānshān, dung. Тянсан, Tiansan; qad. turkcha: 𐰴𐰣 𐱅𐰭𐰼𐰃, Tenğri tağ; turkcha: Tanrı Dağı; moʻgʻ.: Тэнгэр уул, Tenger uul; uygʻurcha: تەڭرىتاغ, Tengri tagh, Тәңри тағ; qozoqcha: Тәңіртауы / Алатау, Táńirtaýy / Alataý, تٵ‬ڭٸرتاۋى / الاتاۋ; qirgʻizcha: Теңир-Тоо / Ала-Тоо, Teñir-Too / Ala-Too, تەڭىر-توو / الا-توو; oʻzbekcha: Tyan-Shan / Tangritog‘, Тян-Шан / Тангритоғ, تيەن-شەن / تەڭرىتاغ
  2. Prichard, James (1844), History of the Asiatic Nations, 3rd ed., Vol.IV, 281-bet {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |1= (yordam)
  3. Qozogʻistonning fizikalik geografiyasi, Almati: Atamura, 2008. ISBN 9965-34-809-X

Havolalar

tahrir