Bola
Bola — asosiy maʼnosi — bolalik davridagi inson. Bolalikning yosh chegaralari turli madaniyatlarda, hayotiy sikl nazariyalarida va huquqiy tizimlarda farq qiladi. Umuman olganda, bola deb tugʻilish paytidan boshlab to jinsiy balogʻatga yetguncha boʻlgan davrdagi insonga aytiladi. Qiz — ayol jinsidagi bola; Oʻgʻil — erkak jinsidagi bola.
Bola sogʻligʻiga bagʻishlangan tibbiyot boʻlimi pediatriya deb aytiladi.
Tarixiy maʼlumotlar
tahrirOlimlar bola haqidagi taʼlimot eramizdan oldingi IV asrda tibbiyot otasi Gippokratning "Bola tabiati haqida" nomli kitobi bilan boshlangan deb hisoblaydilar. Keyinchalik (I—II asrlar) bolalarni tarbiyalash va parvarishlash haqida Sels, Galen va Soranlar yozadilar. Keyingi 15 asr davomida amalda oldin Galen va Soran tomonidan bayon etilganlar takrorlandi. Lekin, koʻp bolalar oʻlimi, muhtojlarga yordam beruvchi tashkilotlarning paydo boʻlishi, shuningdek Yevropaning ayrim davlatlarida tashlandiq va boquvchisini yoʻqotgan bolalar uchun tarbiya uylarining ochilishi XV-XVII asrlarda bolalar organizmining oʻziga xos xususiyatlariga qiziqish uygʻonishiga sababchi boʻldi — bolalarni tarbiyalash va parvarishlashga bagʻishlangan koʻp sonli asarlar chop etildi[1].
Bolalik davrlari
tahrirBola — doimo oʻsuvchi va rivojlanuvchi organizm, har bir yosh bosqichida maʼlum morfologik, fiziologik va psixologik xususiyatlarni egallab boradi[1]. Postnatal (tugʻilgandan keyingi) davrda quyidagilar farqlanadi:
- yangi tugʻilganlik davri (hayotining birinchi toʻrt haftasi (28 kun))
- emadigan yosh (hayotining 29-kunidan boshlab bir yilgacha)
- yasli yoki maktabgacha yoshdan oldingi davr (uch yilgacha)
- maktab yoshigacha boʻlgan davr (uch yildan yetti yilgacha)
- kichik maktab yoshi (yetti yoshdan oʻn bir yoshgacha)
- katta maktab yoshi (oʻn ikki yoshdan oʻn yetti - oʻn sakkiz yoshgacha)
Balogʻatga (voyaga) yetish yoshi
tahrir- Koʻpchilik davlatlarda balogʻatga yetish yoshi 18 yoshdan boshlanadi.
- Balogʻatga yetishning eng kichik yoshi Farer orollarida oʻrnatilgan — 14 yosh.
- Kubada balogʻatga yetish 16 yoshda keladi.
- Oʻzbekistonda balogʻatga yetish yoshi — 18 yosh.
Shuningdek qarang — Balogʻatga yetish
Bola rivojlanishi
tahrirBola rivojlanishi — goʻdakning ulgʻayishi jarayonida uning jismoniy va psixologik rivojlanishi bilan kechuvchi jarayon va mexanizmlarni oʻrganishga bagʻishlangan fan yoʻnalishi.
Oʻsmirlik (oʻspirinlik) davri
tahrirBolaning jinsiy balogʻatga yetish yuz beradigan va organizm rivojlanishining yuqoriroq darajasiga oʻtish davri — balogʻatga yetish.
Oʻsmir — yoshi bolalikdan oʻspirinlikga oʻtayotgan yigit yoki voyaga yetgan qiz. Hozirgi fan oʻsmirlik yoshini davlat (yashash mintaqasi) va madaniy-milliy xususiyatlarga, shuningdek jinsiga bogʻliq ravishda aniqlaydi (12-14 yoshdan 15-17 yoshgacha).
2011-yilga dunyoda milliarddan ortiq oʻsmir mavjud deb hisoblanadi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 A. V. Mazurin, I. M. Voronsov. Bolalar kasalliklari propedevtikasi. — 1-nashr. — {{[[Andoza:{{{1}}}|{{{1}}}]]}}: Tibbiyot, 1986. — С. 432. — 6-19 с. — 100 000 nusx.
- ↑ Moskvadagi BMT Axborot markazi — Press-bulleten, 2012-09-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-06-19
{{citation}}
: no-break space character in|title=
at position 31 (yordam)
Havolalar
tahrirVikiiqtibosda Bolaga tegishli iqtiboslar mavjud. |