Bolalar (qoʻshiq)
„Bolalar“ („Bolalar kuylar sizlarga“ deb ham nomlanadi) — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruh 1989-yilda tuzilganidan keyin yozilgan ilk ashulalarning biri. Guruhning 1990-yil chiqarilgan „2-albom“ nomli studiyaviy albomiga toʻrtinchi trek oʻlaroq kiritilgan[1]. 1992-yil „Melodiya“ leybli bilan Toshmuhamedov nomidagi Toshkent grammofon zavodida chiqarilgan „Bolalar“ plastinkasiga ham kiritilgan[2]. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh aʼzosi Husan Sodiqov yozgan[manba kerak], ammo 1992-yilgi plastinkada unga kiritilgan barcha ashulaning soʻzi va kuyini guruh solisti Tohir Sodiqov yozgani eʼtirof etilgan.
„Bolalar“ | ||||
---|---|---|---|---|
„Bolalar“ qoʻshigʻi | ||||
„2-albom“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 1990 | |||
Yozib olingan | 1990 | |||
Janr |
Yevrodens Pop | |||
Davomiyligi | 3:53 | |||
Matn muallif(lar)i | Husan Sodiqov | |||
Bastakor(lar) | Husan Sodiqov | |||
„2-albom“ xronologiyasi | ||||
|
„Bolalar“ qoʻshigʻi „Bolalar“ guruhi repertuaridagi eng keng tanilgan taronalarning biri boʻlib, Sodiqov aynan shu ashula guruh Oʻzbekistonda shuhrat qozonishga hissa qoʻshganini aytgan[3]. Qoʻshiqning bir necha versiyasi mavjud. „Bolalar“ guruhining 1998-yil eʼlon qilingan va asosan remikslardan iborat „8-albom“ nomli albomiga „Bolalar“ qoʻshigʻining remiksi birinchi trek oʻlaroq kiritilgan[4]. Original versiya lya-minor tonalligida, 1998-yilgi remiks esa si-minor tonalligida kuylangan. 1989-yilgi versiyaning soʻnggi naqorati yarim ton yuqori ijro etilgan. 1998-yilgi versiyaga guruh 1989-yilda tuzilgani nazarda tutilgan holda „Bolalar, toʻqqiz yil“, degan misra qoʻshilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „"Болалар" гуруҳининг 2 чи оригинал альбоми“. YouTube (20-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 29-iyul 2022-yil.
- ↑ „Болалар“ (ruscha). Discogs. Qaraldi: 29-iyul 2022-yil.
- ↑ „"Болалар" - репертуардан ҳамон тушмаëтир“. Ozodlik radiosi (26-fevral 2010-yil). Qaraldi: 29-iyul 2022-yil.
- ↑ „"Болалар" гуруҳининг 8 чи оригинал альбоми“. YouTube (29-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 29-iyul 2022-yil.