Bolalarda ommaviy zaharlanish (Oʻzbekiston)
Bolalarda ommaviy zaharlanish — 2023-yilning 21-sentyabrida bir guruh bolalarning kasalxonaga yotqizilishi bilan boshlangan jarayonlar toʻplami.
Bolalarda ommaviy zaharlanish | |
---|---|
Soha | Tibbiyot |
Oʻtkazilgan joyi |
Namangan viloyati Chust tumani Andijon viloyati[1] |
Boshlanish sanasi | 21-sentyabr, 2023-yil |
Maqom | tugallanmagan |
Hodisaning boshlanishi
tahrirOʻzbekistonda 2023-yilning 20-sentyabrida 3 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarga bepul yod tarqatish dasturi boshlanganligi haqida xabar berilgan edi[2]. Bir kundan soʻng, 21-sentyabr kuni Namangan viloyati Chust tumanidagi bogʻcha bolalari orasida tana harorati koʻtarilishi, qusish, qorin ogʻrigʻi bilan jami 71 nafar bola[izoh 1]shifoxonaga yotqizilgan[3]. Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Bositxonova shikoyat qilgan bolalar soni 400 dan oshganini maʼlum qilgan, lekin ular na doridan va na ovqatdan zaharlanmaganligini taʼkidladi. Biroq, aynan Elmira Bositxonova imzosi bilan chiqarilgan xatda bolalarning ahvoli yomonlashishiga sabab dori vositalari boʻlishi mumkinligi sababli „Kaliy yodid 1 mg (0,001) tabletka №100 (Antistrumin)“ dori vositasini isteʼmolini darhol toʻxtatish boʻyicha topshiriq berilgan. Ushbu xatdan maʼlum boʻlishicha, kasallik keltirib chiqargan deb gumon qilinayotgan dori vositalarini „SAMO“ MChJ yetkazib bergan. Va bu dorilarni vazirlik tarkibidagi „Oʻzmedimpeks“ sotib olgan.
„SAMO“ MChJning taʼsischilari Yunusovlar oilasi boʻlib, Nodir Yunusov kompaniyaning 7%iga egalik qiladi[4].
Maʼlum boʻlishicha, 2005-yilda AQSh bojxona va immigratsiya nazorati xizmati (ICE) va Ichki xavfsizlik departamenti xorijlik noqonuniy muhojirlarni ishga joylashtirish bilan shugʻullangan „Giant Labor Solutions“ kompaniyasiga nisbatan surishtiruv boshlagan. Kompaniya faoliyati 4 yil davomida kuzatilgach, 2009-yilda kompaniya mansabdorlariga majburiy mehnat va mehnat shartnomalarida firibgarlik qilish boʻyicha ayblov eʼlon qilingan. 2010-yilning yanvariga kelib GLC aʼzolariga qoʻyilgan ayblovlar tasdiqlangan[5]. 11 kishiga nisbatan odam savdosi, xususan, aldab ishga yoʻllash, huquqni poymol qilish va moliyaviy tovlamachilik bilan shugʻullanish ayblovi qoʻyilgan. 2009-yilda jinoiy guruh boshligʻi boʻlgan Abrorxoʻja Asqarxoʻjayev qoʻlga olingan. Qolganlar, jumladan, Nodir Yunusov ham qochib ketgan va hozirda qidiruvda[6].
Izohlar
tahrir- ↑ Bundan 35 nafari 23-МТТdan, 20 nafari 51-МТТ, 5 nafari 18-МТТ, 3 nafari 36-МТТ, 2 nafari 30-МТТ tarbiyalanuvchilari, 43-МТТ, 35-МТТ, 34-МТТdan 1 nafardan, oilaviy MTTdan 1 nafar, 1 nafardan 7- va 21-oʻrta taʼlim maktablaridan kasallangan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Андижонда ҳам 12 нафар бола заҳарлангани маълум бўлди“. https://qalampir.uz. Qalampir.uz. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Ўзбекистонда болаларни йод билан таъминлаш дастури бошланди“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Чустда 71 нафар бола шифохонага ётқизилган“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Yunusov Nodir Baxtiyorovicha tegishli kompaniyalar“. https://orginfo.uz. orgininfo.uz.
- ↑ „Eight Uzbekistan Nationals Among 12 Charged with Racketeering, Human Trafficking, Immigration Violations“. https://archives.fbi.gov/. FBI. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Yunusov, Nodir“. https://www.ice.gov. U.S. Immigration and Customs Enforcement. 2023-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.