Elmira Bositxonova
Elmira Erkinovna Bositxonova (tugʻ. 10-noyabr 1958-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek shifokor, davlat arbobi va siyosatchi. 2020-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uni IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib tayinladi.
Elmira Bositxonova | |
---|---|
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 2019-yildan – 2020-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Tanzila Norboyeva |
Vorisi | lavozim bekor qilingan |
Mansab davri 2011-yildan – 2016-yilgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Farida Akbarova |
Vorisi | Tanzila Norboyeva |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-noyabr 1958-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Mukofotlari | [1] |
Biografiyasi
tahrir1981-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining „Davolash“ yoʻnalishini tamomlagan.
1981-yildan 2011-yilgacha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida turli lavozimlarda ishlagan[2].
2011-yil iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi etib tayinlandi.
2016-yil 12-dekabridan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari.
2019-yil iyundan 2020-yil 19-fevralgacha Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining raisi boʻlgan.
2020-yilda Oʻzbekiston Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirning birinchi oʻrinbosari.
2020-yil 3-iyundan boshlab Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari[3].
Manbalar
tahrir- ↑ https://lex.uz/docs/2467409
- ↑ „Эльмира Баситханова — первый замминистра по делам махалли и семьи“ (ru). gazeta.uz (2020-yil 19-fevral). Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
- ↑ Kun uz. „Эльмира Баситханова назначена на новую должность. Она вернулась в Минздрав“ (ru). Kun.uz. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.