Boltatumshuq
Boltatumshuq – chumchuqsimonlar turkumining targʻilboshlilar oilasiga mansub sayroqi qush. Yevropa va Osiyoning oʻrta mintaqalarida tarqalgan. Qishlash uchun janabiga – Qora dengiz atrofi va Sharqiy Xitoyga uchib ketadi. Afgʻoniston, Pokiston va Shimoliy Gʻarbiy Hindistonda oʻtroq yashaydi. Oʻzbekistonda Hisor-Olay togʻlarida uchraydi. Oʻrmon va bogʻlarda yashaydi. Tumshugʻi katta va baquvvat, meva danaklarini chaqishga yaxshi moslashgan. Uyasini daraxtga quradi. 4–5 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini urgʻochisi bosadi. Erkagi unga oziq tashiydi. Bolasi 14 kunda tuxumdan chiqadi, yana 11–14 kundan soʻng uchirma boʻladi. Oʻzbekiston togʻlaridagi archazorlarda archa boltatumshugʻi uchraydi. Turli xil mevalar, oʻsimliklar urugʻi va don bilan oziqlanadi.
Boltatumshuq | ||||
---|---|---|---|---|
Nar qush qishda | ||||
Biologik klassifikatsiya | ||||
| ||||
Ranges of C coccothraustes Ko'payadi Vaqtinchalik yashaydi Faqat oziqlanadi
| ||||
Loxia coccothraustes Linnaeus, 1758 |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- ↑ BirdLife International (2017). "Coccothraustes coccothraustes". IUCN Red List of Threatened Species 2017: e.T22720681A111132393. doi:10.2305/IUCN.UK.2017-1.RLTS.T22720681A111132393.en. https://www.iucnredlist.org/species/22720681/111132393. Qaraldi: 12 November 2021.Boltatumshuq]]