Ikroma Boltayeva (1916.16.1, Kitob – 1993.21.11, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (1956). Pedagogika bilim yurtida (1930—32), Lohutiy nomidagi Toshkent teatr texnikumida (1933—34) taʼlim olgan. Ijodiy faoliyatini Qashqadaryo teatrida boshlagan. 1934—45 yillar Samarqand teatrida ishlab, Qunduz („Togʻ qizi“), Ledi Milford („Makr va muhabbat“), Maysara, Jamila („Maysaraning ishi“, „Boy ila xizmatchi“) kabi obrazlarni yaratgan. 1946-yildan Hamza teatrida. B. ning obrazlari mukammal va tugalligi bilan ajralib turadi. Yuksak aktyorlik mahorati, ifodali nutqi, yorqin maishiy boʻyoqlar vositasida oʻziga xos qaytarilmas obrazlar yaratishga erishdi. Mashhur rollari: Varvara („Momaqaddiroq“), Hafiza, Saltanat, Netayxon, Shakarbuvi („Yangi yer“, „Shohi soʻzana“, „Tobutdan tovush“, „Ayajonlarim“), Dezdemona („Otello“), Nuri („Qutlugʻ qon“), Marhamat („Parvona“), Huriniso, Saodat („Oltin devor“, „Istanbul fojiasi“), Bashorat, Farmonbibi („Kelinlar qoʻzgʻoloni“) va boshqa Kinoda (Halima, „Mahallada duvduv ran“ va boshqalar) ham rollar ijro etgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil