Boltiq dengizi

Atlantika okeanidagi dengiz


Boltiq dengiziAtlantika okeanining bir qismi. Maydoni 419 ming km². Materik ichkarisiga chuqur kirib borgan. Chuq. 40–100 m, eng chuqur yeri 470 m. Boltiq dengizi da suv osti balandliklari va botiqlar, Botniya, Fin, Riga kabi qoʻltiqlar, Saaremaa, Ryugen, Gotland, Eland, Bornxolm, Aland kabi katta orollar bor. Okean bilan Eresunn, Katta va Kichik Belt, Kattegat va Skagerrak boʻgʻozlari orqali tutashgan. Qirgʻoqlari asosan qumli pasttekisliklardan iborat, shim.sharqi qoyali. Dengiz tubi qum va gilli balchiqlar bilan krplangan. Botiqlar, qatortepalar va jarliklar koʻp uchraydi. Boltiq dengizi ga 250 dan ortiq dare (Neva, Daugava, Visla, Odra va boshqalar) quyiladi. Boltiq dengizi ning iqlimi moʻʼtadil. Jan.da yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,1°, iyulniki 17,5°, shim.da yanvarniki — 11,5°, iyulniki 17°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500–600 mm, baʼzi joylarida 1000 mm gacha. Qishda suv yuzasining temperaturasi 1—3°, yezda 18—20°. Boltiq dengizi ning qirgʻoqqa yaqin qismlari noyabrdan aprel oyigacha muzlaydi. Boltiq dengizi yuzasida suvning shoʻrligi faqat gʻarbida 11‰, boshqa qismlarida 2—3‰ dan 6— 8‰ gacha. Boltiq dengizi da seld, chavaqbaliq, anchous, paltus, losos, olabugʻa ovlanadi. Botniya qoʻltigʻida tyulen bor. Boltiq dengizi Boltiqboʻyi mamlakatlarining eksportimportida va yoʻlovchilar tashishda katta ahamiyatga ega. Antropogen taʼsirlar natijasida ekologik ahvoli yomonlashgan. Asosiy portlari: SanktPeterburg, Tallin, Riga, Liyepaya, Ventspils, Klaypeda, Kaliningrad, Shchesin, GdanskGdinya, Rostok va boshqa Kurortlardan: Yurmala, Kolobjeg, Ustka va boshqa[1]

Boltiq dengizi
Joylashuvi Simoliy Yevropa
Yuzasi 415 ming km
Oʻrtacha chuqurligi 51 m
Eng katta chuqurligi 470 m
Suv hajmi 21,5 ming km
Qirgʻoq uzunligi1 8000 km
1 Qirgʻoq uzunligini aniq oʻlchab boʻlmaydi.


Boltiq dengizi[2] Shimoliy Yevropadagi dengizdir. Skandinaviya yarimoroli, Yevropa qitʼasi va Daniya orollari bilan oʻralgan.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Boltiq dengizi boʻyicha strategik faoliyat rajasi ishlab chiqildi (Wayback Machine saytida 2011-01-20 sanasida arxivlangan), uza.uz


Boltiq boʻyi mamlakatlari

  Olmoniya ·   Daniya ·   Latviya  ·   Litva ·   Polsha ·   Rossiya  ·   Finlandiya  ·   Shvetsiya ·   Estoniya  ·

</noinclude>