Kaliningrad
Kaliningrad (ruscha: Калинингра́д; 1946-yil 4-iyulgacha Kenigsberg – nemischa: Königsberg ) – Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Kaliningrad viloyati markazi. Mixail Kalinin nomiga qoʻyilgan. Pregolya daryosining har ikki sohilida. Boltiq dengizi boʻyidagi muzlamaydigan Baltiysk port shahri bilan chuqur kanal orqali bogʻlangan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 413 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Baliq ovlash va transport floti bazasi. Mashinasozlik va metallsozlik (kema tuzatish, vagonsozlik, „Elektrosvarka“, avtoagregat zavodlari bor, baliqni qayta ishlash jihozlari ishlab chikariladi), sellyuloza-qogʻoz, oziq-ovqat (shu jumladan, baliqni qayta ishlash), yengil sanoat korxonalari bor. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 2 teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, kahrabo muzeyi mavjud. Shahar yaqinida dengiz boʻyi iqlim kurortlari joylashgan.
Kaliningrad Калининград | |
---|---|
Shahar | |
54°43′0″N 20°30′0″E / 54.71667°N 20.50000°E | |
Mamlakat | Rossiya |
viloyat | Kaliningrad viloyati |
Hukumat | |
• Mer | A.G. Yaroshuk |
Asos solingan | 1255-yil |
Avvalgi nomlari |
1255-yilgacha Tuvangste, 1946-yilgacha Kyonigsberg 1991-yilgacha "Kuybishev" |
Maydon | 2,247 km2 (868 kv mi) |
Markazi balandligi | 100 m |
Iqlim turi | oʻrtacha-kontinental |
Aholisi (2013) |
↗ 1,171,598 kishi |
Milliy tarkib |
Ruslar — 87,4 % ukrainlar — 4,0 % beloruslar — 3,8 % armanlar — 0,7 % tatarlar — 0,5 % litlar — 0,5 % olmonlar — 0,4 % polyaklar — 0,3 % boshqalar — 2,4 % [1] |
Vaqt mintaqasi | UTCUTC +2 |
Telefon kodi | 4012 |
Pochta indeks(lar)i | 236ХХХ |
Avtomobil kodi | 39 |
|
Kalingradga 1255-yil qalʼa sifatida asos solingan. 1525—1618-yillarda Prussiya gersogligi poytaxti. 1701-yildan Prussiya qirolligi tarkibidagi mustahkam qalʼa. 1758–1762-yillarda Sharqiy Prussiyaning rus general-gubernatorligi markazi. 1871-yilda Germaniya tarkibiga kirdi. Kenigsberg 1945-yil aprel boshida shoʻrolar armiyasi tomonidan shafqatsiz bombardimon qilinishi natijasida shaharda tarixiy meʼmoriy yodgorliklar saqlanmagan. Aholisi esa butunlay koʻchirib yuborilgan. 1945-yil Potsdam konferensiyasi karoriga asosan, Kenigsberg atrof hududlari bilan birga sobiq Ittifoq tarkibiga oʻtdi. K. Kaliningrad viloyati tarkibida alohida iqtisodiy rayon maqomini olgan.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ Итоги::Калининградстат, 2016-03-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-07-16
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil