Boroxoro
Boroxoro — Xitoy gʻarbidagi togʻ tizmasi, gʻarbiy uchi Qozogʻiston hududida. Sharqiy Tyanshan togʻ tizimiga kiradi. Ili daryosi bilan Ebi Hyp koʻli havzalari oʻrtasida. Uzunligi 250 km. Balandligi 4359 m gacha. Kristall va metomorfik togʻ jinslaridan tuzilgan. Yon bagʻirlarida 1800 m balandlikkacha tog dashtlari, 2800 m gacha qoraqaragʻay oʻrmonlari, eng yuqorisida alp oʻtloqlari bor, choʻqqilari doim qor va muzliklar bilan qoplanib yotadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |