Borsakelmas botigʻi
Borsakelmas botigʻi — Shimoliy Ustyurt platosidagi botiq. Shimolida Oqtumshuq, janubida Markaziy Ustyurt koʻtarilmalari, sharqda Olambek guruhidagi bukilmalar, gʻarbda Yorqinboy monoklinal koʻtarilmasi bilan chegaralangan. Shimoli-gʻarbda Som botigʻi bilan tutashgan. Jan.sharqdan shimoli-gʻarbga choʻzilgan. Uz. 200 km, eni 150 km. Botikda paleozoy yotqiziqlari 6000 – 7000 m, mezokaynozoy yotqiziqlari 4500 – 5000 m chuqurliqda joylashgan.
Borsakelmas botigʻining Gʻarbida Agʻini bukilmasi, shimolida Quvanish bukilmasi bor. Quvanish bukilmasida 3000 m dan ziyod chuqurlikda gaz konlari topilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |