Boshqird tili
Boshqird tili (boshqirdcha: башҡорт теле, башҡортса)— boshqird xalqining tili. Turkiy tillar gʻarbiy tarmogʻining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tili da 1 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi (1992). Uchta dialekt mavjud. Boshqird tili turkiy tillardan tatar tiliga yaqin turadi, faqat talaffuz jihatdan va qisman grammatik tomondan farqlanadi. Boshqird tilining fonetik oʻziga xos jihatlari quyidagicha: 1) umumturkiy ye, o va v tovushlar i, u, ch tarzida talaffuz etiladi; 2) lablashgan a mavjud (tatar tilida ham shunday); 3) umumturkiy s, z tovushlari qattiqroq — 9 va z talaffuz etiladi; 4) h tovushi mavjud, bu suz boshida umumturkiy s ga toʻgʻri keladi (mas, tatarcha soʻylamhoʻylam); 5) Boshqird tili dagi s umumturkiy ch ga moye keladi; 6) toʻla shakllanmagan unlilar — i, yo, ye, v (i, ye, o, v) mavjud. Yozuvi arab (1929-yilgacha), lotin (1929— 39) va kirillitsa (1940-yildan) alifbolari asosida.[2]
Boshqird tili | |
---|---|
Milliy nomi | Башҡорт теле |
Mamlakatlar |
Qozogʻiston Rossiya |
Rasmiylik holati | Boshqiriston |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 1 223 744 (2010-yilgi)[1] |
Turkumlanishi | |
Til oilasi | Oltoy |
Alifbosi | kirill |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | ba |
ISO 639-2 | bak |
ISO 639-3 | bak |
Boshqird tili (ⓘ [bɑʃqɵrt tɨlɨ]) — Boshqirdistonda rasmiy til maqomiga ega. Turkiy tillarining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tilida 1 379 000 kishi gapiradi (2002).
birlik | koʻplik | ||
---|---|---|---|
Boshqirdcha | Oʻzbekcha | Boshqirdcha | Oʻzbekcha |
Мин | Men | Беҙ | Biz |
Һин | Sеn | Һеҙ | Senlar |
Ул | U | Улaр | Ular |
Boshqird alifbosi
А а | Б б | В в | Г г | Ғ ғ | Д д | Ҙ ҙ | Е е |
Ё ё | Ж ж | З з | И и | Й й | К к | Ҡ ҡ | Л л |
М м | Н н | Ң ң | О о | Ө ө | П п | Р р | С с |
Ҫ ҫ | Т т | У у | Ү ү | Ф ф | Х х | Һ һ | Ц ц |
Ч ч | Ш ш | Щ щ | Ъ ъ | Ы ы | Ь ь | Э э | Ә ә |
Ю ю | Я я |
Manbalar
tahrir- ↑ Lewis, M. Paul (ed.). „Ethnologue: Languages of the World, Sixteenth edition.“ (en). Dallas, Tex.: SIL International. (2009). 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ "Boshqird tili" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |