Bradley Davis
Bradley Joseph Davis (talaffuzi: Bredli "Bred" Jozef Devis) 1981-yil 8-noyabrda Missuri shtatining Sent-Charlz shahrida tugʻilgan. Amerikalik futbolchi hamda himoyachi sifatida faoliyat olib boradi. „Houston Dynamo“ va AQSh terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan. 2014-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi .
Bradley Davis | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Ism sharifi | Bradley Joseph Davis |
Tugʻilgan | 8-noyabr 1981[1] (40 yosh) Sent Charles, Missuri, AQSH |
Fuqaroligi |
|
Boʻyi |
180 cm |
Pozitsiyasi | yarim himoyachi |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Jamoalardagi faoliyati
tahrir2000-yilda Bradley Davis Sent-Luis universitetiga oʻqishga kirdi va oʻqish davrida taʼlim muassasasining futbol jamoasida oʻynadi.
Bradley Davis 2002-MLS Super Draftda „MetroStars“ tomonidan tanlangan[2]. Oʻzining birinchi mavsumida u 24 oʻyinda 4 ta gol urdi va MLSning „Yilning eng yaxshi toʻpurari“ boʻldi.
2003-yilning 17-yanvarida Bradley Davis „Dallas“ ga ijaraga oʻtdi[3]. Oʻzining ikkinchi mavsumida Bradley Davis murabbiy tomonidan hujumkor yarim himoyachi rolida markazga oʻtkazildi, ammo tajriba muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Bradley Davis tez orada odatdagidek qanot pozitsiyasiga qaytdi.
2005-yilning 14-yanvarida Bradley Davis Richard Mulroni, Arturo Alvares va ikkita draft tanlovi uchun „San Jose Earthquakes“ga ijaraga berildi[4]. Shimoliy Kaliforniya klubining bir qismi sifatida u oʻzining birinchi „Supportersʼ Shield“ kubogini qoʻlga kiritdi. 2006-yilda Bradley Davis franchayzing bilan „Houston Dynamo“ga koʻchib oʻtdi. Bradley Davis „Houston Dynamo“ jamoasiga MLS kubogini ikki marta yutishda yordam berdi.
2016-yilning 7-yanvarida Bradley Davis 2017 va 2018-yilgi MLS Super Draft tanlovlari uchun „Sporting Kansas City“ga almashtirildi[5]. 2016-yil 23-oktyabrda Bradley Davis mavsum oxirida faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi[6].
2017-yilning 14-fevralida Bradley Davis „Houston Dynamo“ bilan bir kunlik shartnoma imzoladi va klub futbolchisi sifatidagi faoliyatini rasman yakunladi[7].
Xalqaro karyerasi
tahrir2005-yilda Bradley Davis KONKAKAF oltin kubogini oʻz uyida oʻtkazish uchun AQSh jamoasining taklifiga kiritildi[8]. 7-iyul kuni Kubaga qarshi kubok bahsida Bradley Davis milliy terma jamoa safida debyut qildi[9]. Shuningdek, u Panama bilan turnirning yana bir o‘yinida maydonga tushdi va Oltin kubokni qo‘lga kiritdi.
2014-yilda Bradley Davis Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarlik qilgan edi. Turnirda u Germaniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi [10].
Statistikasi
tahrirJamoa | Mavsum | Liga | Liga | MLS Play-off bosqichi | AQSh ochiq kubogi | Kontinental | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |||
New York MetroStars | 2002 | MLS | 24 | 4 | — | 1 | 0 | — | 25 | 4 | ||
Dallas Burn | 2003 | MLS | 26 | 6 | — | 1 | 0 | — | 27 | 6 | ||
2004 | 29 | 2 | 3 | 0 | 32 | 2 | ||||||
San Jose Earthquakes | 2005 | MLS | 18 | 2 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 19 | 2 | |
Houston Dynamo | 2006 | MLS | 28 | 1 | 4 | 1 | 2 | 0 | — | 34 | 2 | |
2007 | 17 | 3 | 4 | 1 | 0 | 0 | 4 | 0 | 25 | 4 | ||
2008 | 26 | 3 | 2 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | 35 | 3 | ||
2009 | 27 | 5 | 3 | 0 | 2 | 0 | 7 | 0 | 39 | 5 | ||
2010 | 27 | 5 | — | 0 | 0 | 3 | 0 | 27 | 5 | |||
2011 | 34 | 4 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 37 | 4 | |||
2012 | 31 | 8 | 6 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 38 | 8 | ||
2013 | 26 | 4 | 5 | 1 | 0 | 0 | 3 | 1 | 34 | 6 | ||
2014 | 25 | 4 | — | 0 | 0 | — | 25 | 4 | ||||
2015 | 30 | 4 | 1 | 0 | 31 | 4 | ||||||
Sporting Kansas City | 2016 | MLS | 24 | 2 | 0 | 0 | 2 | 1 | 1 | 0 | 27 | 3 |
New York MetroStars jamoasida gollari | 24 | 4 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 25 | 4 | ||
Dallas Burn jamoasidagi gollari | 55 | 8 | 0 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 59 | 8 | ||
San Jose Earthquakes jamoasidagi gollari | 18 | 2 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 19 | 2 | ||
Houston Dynamo jamoasidagi gollari | 271 | 41 | 27 | 3 | 5 | 0 | 25 | 1 | 328 | 45 | ||
Sporting Kansas City jamoasidagi gollari | 24 | 2 | 0 | 0 | 2 | 1 | 1 | 0 | 27 | 3 | ||
Umumiy karyerasida | 392 | 57 | 27 | 3 | 13 | 1 | 26 | 1 | 458 | 62 |
Yutuqlari
tahrirJamoaviy yutuqlari
„San Jose Earthquakes“
- Qoʻllab-quvvatlovchilar qalqoni gʻolibi — 2005-yil
- MLS kubogi gʻolibi — 2006-2007
AQSH
Manbalar
tahrir- ↑ Brad Davis // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
- ↑ „2002 MLS SuperDraft“ (en). MLSsoccer.com (2002-yil 10-fevral). 2019-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
- ↑ „Burn Lands 2002 Rookie of the Year Finalist Brad Davis in Draft Day Deal“ (en). OurSports Central (2003-yil 17-yanvar). 2019-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
- ↑ „Earthquakes Select Seven Players and Make Two Major Trades at 2005 MLS SuperDraft in Baltimore“ (en). OurSports Central (2005-yil 14-yanvar). 2019-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
- ↑ „Houston Dynamo trade captain, assist leader Brad Davis to Sporting Kansas City“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 7-yanvar). 2016-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-iyul.
- ↑ Charles Boehm. „Sporting KC's Brad Davis announces retirement after 15 years of MLS service“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 23-oktyabr). 2016-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-oktyabr.
- ↑ Sam Stejskal. „Brad Davis to sign one-day contract with Houston, retire a member of Dynamo“ (en). MLSsoccer.com (2017-yil 14-fevral). 2017-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-iyun.
- ↑ „США vs. Панама 0:0“ (en). soccerway.com (2005-yil 24-iyul). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-dekabr.
- ↑ „Куба vs. США 1:4“ (en). soccerway.com (2005-yil 7-iyul). 2016-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-dekabr.
- ↑ „США vs. Германия 0:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 26-iyun). 2015-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-aprel.