Bradley Smith
Bredli Shon Smit (inglizcha: Bradley Shaun Smith) 1994-yil 9-aprelda Avstraliyada dunyoga kelgan. Avstraliyalik futbolchi, Amerikaning „DC Unated“ klubi va Avstraliya terma jamoasi himoyachisi.
Bradley Smith | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Ism sharifi | Bradley Shaun Smith |
Tugʻilgan | 9-aprel 1994-yil
(28 yosh)Yangi Janubiy Uels, Avstraliya |
Fuqaroligi | Avstraliya |
Boʻyi | 178 cm |
Vazni | 75 kg |
Pozitsiyasi | himoyachi |
Hozirgi jamoasi | |
Klub | DC United |
Raqami | 5 |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirSmit Avstraliyada tugʻilgan, lekin 14 yoshida Angliyaga koʻchib oʻtgan[1]. Mahalliy havaskorlar jamoasida o‘ynab yurganida "Liverpool" skautlari eʼtiboriga tushib qolgan va jamoaga taklif qilingan. 2013-yilda Bred mavsum uchun klub tarkibiga kiritilgan. U Premer-ligadagi debyutini 29-dekabr kuni Londonning „Chelsiea“ jamoasiga qarshi oʻtkazgan[2]. 2014-yilning yozida oʻyin amaliyoti uchun Smit „Svindon Town“ga qisqa muddatga ijaraga berildi[3][4]. 9-avgust kuni u Angliya Birinchi ligasida „Skuntorp United“ga qarshi debyut qildi. Oktabr oyi oʻrtalarida „Liverpool“ Bredni qaytarib oldi[5].
Smit 2016-yilning yozida „Bornmut“ga oʻtib, toʻrt yillik shartnoma imzoladi[6]. Transfer summasi 3 million funt sterling boʻlgan[7]. 27-noyabr kuni Londonning „Arsenal“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa safida debyut qildi[8]. 2018-yilning 8-avgustida Smit MLSning „Sietl Saunders“ klubiga ijaraga berildi[9][10]. U AQSH Oliy ligasida debyutini 12 avgust kuni „Dallas“ga qarshi oʻtkazdi[11]. 2019-yil 31-iyulda „Saunders“ va „Bornmut“ uning ijarasini MLS-2019 mavsumi oxirigacha uzaytirishga kelishib oldilar[12][13]. 10-noyabr kuni Smit MLS kubogi-2019 oʻyinida oʻynadi, unda „Sietl“ „Toronto“ni 3:1 hisobida magʻlub etdi va Amerika Ligasi chempioniga aylangan birinchi avstraliyalik boʻldi[14]. 2020-yil 30-yanvarda Smit 2019/20-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun chempionat klubi „Kardiff City“ga ijaraga o‘tdi[15][16]. U Uels klubidagi debyutini 21-iyun kuni „Lids United“ga qarshi oʻtkazdi. 25-iyun kuni uning ijarasi COVID-19 pandemiyasi tufayli uzaytirildi[17]. Smit 5-avgust kuni shartnoma muddati tugashi sababli „Bornmut“ni tark etdi[18].
2011-yilda 21 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasi tarkibida (ota-onasi tufayli oʻynash huquqini qoʻlga kiritgan) Smit Meksikada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi.
2014-yilda Bred Avstraliya futbol federatsiyasidan oʻz vatani uchun oʻynash taklifini oldi[1]. Smit Avstraliya terma jamoasi safida 4-sentabr Belgiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[19].
Statistika
tahrir- 2019-yil 14-noyabr holatiga koʻra[20]
Milliy jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Avstraliya milliy terma jamoasi | 2014 | 3 | 0 |
2016 | 10 | 0 | |
2017 | 5 | 0 | |
2019 | 3 | 0 | |
Jami | 21 | 0 |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Daniel Garb. „Socceroos could enter fight with England over Liverpool defender Brad Smith's eligibility“ (en). Herald Sun (2013-yil 28-dekabr). 2021-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-dekabr.
- ↑ „Челси VS. Ливерпуль 2:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 29-dekabr). 2016-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-oktyabr.
- ↑ „Swindon: Brad Smith and Jordan Turnbull sign loan deals“ (en). BBC Sport (2014-yil 8-avgust). 2016-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-avgust.
- ↑ „Суиндон Таун VS. Сканторп Юнайтед 3:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 9-avgust). 2016-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-oktyabr.
- ↑ „Brad Smith: Liverpool recall Swindon Town's on-loan defender“ (en). BBC Sport (2014-yil 20-oktyabr). 2021-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
- ↑ „«Борнмут» купил у «Ливерпуля» Брэда Смита“. sports.ru (2016-yil 27-iyul). 2016-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-avgust.
- ↑ Neil Perrett. „AFC Bournemouth: Smith set to complete £3million move to Cherries“ (en). Bournemouth Echo (2016-yil 27-iyul). 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Арсенал Лондон VS. Борнмут 3:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 27-noyabr). 2017-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-mart.
- ↑ „Sounders FC acquires Brad Smith on loan from AFC Bournemouth“ (en). Seattle Sounders FC (2018-yil 8-avgust). 2020-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Bournemouth: Brad Smith joins Seattle Sounders on loan“ (en). BBC Sport (2018-yil 8-avgust). 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Sounders FC storms to fifth straight victory over Western Conference leader FC Dallas at CenturyLink Field“ (en). Seattle Sounders FC (2018-yil 12-avgust). 2020-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Sounders FC and AFC Bournemouth agree to extend loan of Brad Smith“ (en). Seattle Sounders FC (2019-yil 31-iyul). 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
- ↑ Dylan Butler. „Brad Smith loan extended to end of 2019 MLS season“ (en). MLSsoccer.com (2019-yil 31-iyul). 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
- ↑ Zac Rayson. „Socceroo Brad Smith just made history in the US. He could play in the Premier League in two weeks“ (en). Fox Sports (2019-yil 12-noyabr). 2019-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Done Deal | City sign Brad Smith on loan“ (en). Cardiff City F.C. (2020-yil 30-yanvar). 2020-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Cardiff City: Bournemouth full-back Smith joins Bluebirds on loan“ (en). BBC Sport (2020-yil 30-yanvar). 2020-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Smith Extends Cardiff City Loan“ (en). AFCB (2020-yil 25-iyun). 2020-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Smith Leaves Club as Contract Ends“ (en). AFCB (2020-yil 30-avgust). 2020-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Бельгия VS. Австралия 2:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 4-sentyabr). 2018-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-oktyabr.
- ↑ Bradley Smith National-Football-Teams.com saytida