Brainstorm (guruh)
Brainstorm (latv. Prāta vētra) — latviyalik rok-guruh.
Brainstorm Prāta Vētra | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Mamlakat | Latviya |
Faoliyat yillari | 1989-bugun |
Janr | indi-rok, pop-rok |
Leybl |
Mikrofona ieraksti Brainstorm Records |
Tarkib |
Renaras Kauperis Janis Jubaltas Kasparas Roga Maris Michelsonas |
Vebsayt | brainstorm.lv |
Tarix
tahrirGuruh 1989-yili Yelgava shahrida tashkil topgan. Unga besh maktabdosh oʻrtoq kiradi — Renars Kaupers (vokal), Yanis Yubalts (gitara), Gundars Maushevichs (bas), Kaspars Roga (barabanlar) va Maris Mihelsons (akkordeon). 1992-yili guruh oʻzining „Jo tu nāc“ nomli birinchi singlini chiqaradi. 1993-yilda ularning birinchi albomi — „Vairāk nekā skaļi“ chiqadi. Albomning eng mashhur qoʻshigʻi boʻlib „Ziema“ („Qish“) taniladi. Shuningdek, bu qoʻshiqqa videoklip suratga olinadi. Navbatdagi, 1994-yil guruh uchun mahsulsiz keladi, shu yili chiqarilgan „Vietu nav“ singli atigi 500 adad bilan tarqaladi.
Alternativ musiqa ustidan tajribalaridan soʻng guruh mainstream’ga qaytadi va oʻsmirlar orasida juda ommalashgan „Veronika“ albomini yozadilar. Bu albomning eng ommaviy qoʻshiqlari — „Dārznieks“ („Bogʻbon“), „Apelsīns“ („Apelsin“) va „Lidmašīnas“ („Samolyotlar“) boʻladi.
Latviyadagi yirik ovoz yozish kompaniyalaridan biri — „Microphone Records“ bilan imzolangan shartnoma va 1997-yilda „Viss ir tieši tā kā tu vēlies“ (Hammasi sen istagandek) nomli yangi albomning chiqarilishi muvaffaqiyat sari navbatdagi qadam boʻladi. Albom „oltinlik“ka erishadi va „Brainstorm“ni Latviyadagi eng ommaviy guruhga aylantiradi.
1999-yili Brainstorm’chilar oʻzlarining toʻrtinchi albomi — „Starp divām saulēm“ni va „Starp divām saulēm“ning ingliz versiyasi boʻlgan birinchi xalqaro albomligi — „Among The Suns“ni chiqarishadi. U Shvetsiya va Daniyada yoziladi. Albomning barcha beshta singli — „Puse no sirds“ („Yarim yurak“), „Starp divām saulēm“ („Quyoshlar orasida“), „Lec“ („Harakat qil“), „Prom uz siltajām salām“ („Qiziq emasmi…“) va „Tu izvēlējies palikt“ („Mening oʻlkamga hush kelibsiz“) — Latviya hit-paradlarida yuqori oʻrinlarga erishadi.
2000-yil 13 mayda guruh Shvetsiyada boʻlib oʻtgan 45-musiqiy bellashuv Eurovisionʼda „My star“ qoʻshigʻi bilan qatnashib, uchinchi oʻrinni egallaydi.
2000-yil avgustda „The best of the Brainstorm 89-99“ albomi chiqadi.
2001-yilda „Kaķēns, kurš atteicās no jūrasskolas“ ingliz versiyasida „Online“ albomi dunyo yuzini koʻradi. Shu albomdan boʻlgan „Maybe“ qoʻshigʻi xalqaro mashhurlikka erishadi.
Germaniya va Daniyada yozilgan navbatdagi albom — „Dienās, kad lidlauks pārāk tāls“ yoki „A Day Before Tomorrow“ 2003-yilda chiqadi.
2004-yil 22 maydan 23 mayga oʻtar kechasi Riga va Yelgava oʻrtasidagi shosseda guruh asoschilaridan biri — bas-gitarachi Gundars Maushevichs (Gundars Mauševičs) avtohalokatga uchraydi va vafot etadi. Fojiaviy yoʻqotishga qaramay, guruhning qolgan ishtirokchilari faoliyatligini davom ettirishga qaror qiladilar.
2005-yili „Brainstorm“ ishtirokchilari „Četri krasti“ nomli albomni taqdim etadilar.
Diskografiya
tahrir- Vairāk nekā skaļi (1993)
- Vietu nav (1994)
- Veronika (1996)
- Viss ir tieši tā kā tu vēlies (1997)
- Starp divām saulēm (1999)
- My Star My Star (2000)
- Among the Suns (2000)
- Izlase '89-'99 (2000)
- Kaķēns, kurš atteicās no jūrasskolas (2001)
- Online (2001)
- Dienās, kad lidlauks pārāk tāls (2003)
- A Day Before Tomorrow (2003)
- Veronika (2004)
- Četri krasti (2005)
- Four Shores (2006)