Edward Browne
(Braun Eduard Grenvilldan yoʻnaltirildi)
Edward Granville Browne (talaffuzi: Eduard Grenvill Braun) (1862.7.2, Yuli, Glostershir — 1926.5.1, Kembrij) — ingliz sharqshunosi. Kembrij untida sharq tillari va tabobat ilmini oʻrgangan. Uzoq vaqt Eronda yashagan. Kembrij universitetida arab va fors tillari professor (1888— 1925). Yaqin va Oʻrta Sharq, shu jumladan Oʻrta Osiyo xalqlarining adabiyoti va madaniyatiga oid bir necha asar yozgan. U "Bir yil forslar orasida" (1893), 4 jildli "Eron adabiyoti tarixi" (1902—24), "Hozirgi Eron poeziyasi va matbuoti" (1914), "Arab tabobati" (1921) nomli asarlar muallifi. Browne Nizomiy Aruziy Samarqandiyning "Toʻrt maqola"si (1921) matnini va Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ushshuaro"si (1901) matnini nashr ettirgan.
Edvard Granvil Braun | |
---|---|
inglizcha: Edvard Granvil Braun | |
Tavalludi |
1862-yil 7-fevral |
Vafoti |
5-yanvar 1926 Kembrij |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Otasi | Benjamin Browne |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
tahrirTashqi havolalar
tahrir- Brown E. G. Fors Bayanining qisqacha mazmuni
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |