Bugʻ generatoribugʻ qozoni yoki yadro reaktoridan olinadigan birlamchi issiklik eltuvchi (suv, suyuq natriy va boshqalar) issikligi hisobiga bosimi atmosfera bosimidan yuqori suv bugʻi hosil qiladigan apparat yoki agregat. Organik yoqilgʻini yoqishda ajraladigan issiqlik hisobiga bugʻ olinadigan Bugʻ generatori bug qozoni, elektr energiyasidan foydalanib bugʻ olinadigan Bugʻ generatori elektr qozoni deb ataladi. Atom elektr stansiyalari paydo boʻlganidan soʻng Bugʻ generatori atamasi atom reaktoridan keladigan issiklik eltuvchi qizdiradigan va turbinaga tushadigan ikkilamchi bugʻni olish uchun xizmat kiladigan bugʻlatkichlarni ifodalash uchun qoʻllangan.[1]

bug 'generatorining sxemasi

Yana q.

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. "Bugʻ generatori" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil