Turbina (frans. turbinus — uyurma) — ish jismi — bugʻ, gaz yoki suvning kinetik energiyasini mexanik ishga aylantiruvchi birlamchi dvigatel. Ish organi — rotor. Ish jismi oqimi rotor parraklariga taʼsir qilib, uni aylantiradi. Turbinaning aktiv (faol) va reaktiv, bir va koʻp pogʻonali turlari bor. Muqim (statsionar) bugʻ va gaz turbinalari elektr toki generatorlarini (turbogeneratorlar), markazdan qochma kompressorlar va havo haydovchi qurilmalarni (turbokompressorlar, turbohavo haydagichlar), taʼminlash, yonilgʻi va moy nasoslarini (tubronasoslar) harakatlantirish uchun qoʻllanadi. Transport bugʻ va gaz turbinalaridan kemalarda asosiy dvigatel sifatida foydalaniladi. Gaz turbinalari ham aviatsiya dvigatellari (turbovintli va turboreaktiv dvigatellar) sifatida, baʼzi hollarda (yuqori quvvatli dvigatellar zarur boʻlganda) lokomotivlar (gazoturbovozlar) va maxsus avtomobillarda ham qoʻllanadi. Gidravlik turbinalar gidroelektr styalarida elektr toki generatorlarini harakatlantirish uchun ishlatiladi (gidrogeneratorlar). Tejamliligi, ixchamligi, ishonchliligi va katta quvvat hosil qila olishi tufayli turbinalar energetikada porshenli bugʻ mashinalarining oʻrnini egalladi.

Siemens turbinalari

Yana qarang

tahrir