Bulandi tumani — Oqmoʻla viloyatining markaziy qismida joylashgan. Tuman 1930-yili Makinskiy tumani nomi bilan tashkil topgan. Aholisi 34,768 kishi (2013). Maydoni 6 400 km². Tumanning maʼmuriy markazi — Makinsk shahri.

Bulandi tumani
Бұланды ауданы
tuman
Tarkibida Oqmoʻla viloyati
Maʼmuriy markazi Makinsk
Asos solingan sanasi 1930-yil
Akim Balpan Murat Sagʻatovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 34,768[1]
Zichligi 5,4 kishi./km²
Millatlar tarkibi Ruslar - 44,80%
Qozoqlar - 35,19%
Olmonlar - 6,24%
Ukrainlar - 4,82%
Ingushlar - 2,29%
Beloruslar - 1,78%
Tatarlar - 1,51%
boshqalar - 3,37%[2][3]
Dinlar tarkibi xristianlar, musulmonlar
Maydoni 6 400 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71646 [4]
Pochta indeksi 020500-020513[5]
Avtomobil raqami kodi C, 03
Rasmiy sayti http://astrahan.akmol.kz/a/42/open/index.html
Xaritada
Bulandi tumani xaritada
52°37′45″N 70°25′1″E / 52.62917°N 70.41694°E / 52.62917; 70.41694

Geografiyasi

tahrir

Tuman Oqmoʻla viloyatining markaziy qismida joylashgan. Shimoliy tomonidan Burabay, shimoli-sharqidan Yenbekshilder, sharqidan Oqkoʻl, janubida Astraxan, janubi-gʻarbida Otbosar, gʻarbida Sandiqtau tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali 343,7 km avtomobil yoʻli oʻtadi, uning 31 km respublika, 110 km viloyat, 202,7 km tuman ahamiyatiga egadir. Olmaota — Ostona — Petropavlovsk temir yoʻli va Ostona — Koʻkchatov avtomobil yoʻli oʻtadi.

Aholisi

tahrir

Tuman aholisining soni 36 638 kishi, ularning oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 7,3 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):[2][3]

  • ruslar — 16 426 kishi (44,80 %)
  • qozoqlar — 12 903 kishi (35,19 %)
  • olmonlar — 2 289 kishi (6,24 %)
  • ukrainlar — 1 767 kishi (4,82 %)
  • ingushlar — 839 kishi (2,29 %)
  • beloruslar — 653 kishi (1,78 %)
  • tatarlar — 554 kishi (1,51 %)
  • polyaklar — 192 kishi (0,52 %)
  • armanlar — 174 kishi (0,47 %)
  • boshqalari — 871 kishi (2,38 %)
  • Umumiy — 36 668 kishi (100,00 %)

Tarixi

tahrir

1936-yili 29-iyulda Shimoliy Qozogʻiston viloyatining, 1939-yili 14-oktyabrda Oqmoʻla viloyatining tarkibiga kirdi. 1957-yili tuman markazi Voznesenka qishlogʻidan Makinsk shahriga koʻchirildi. 1963-yili yanvar oyida tuman parchalinib, 1964-yili qaytadan tashkillashtirildi. 1997-yili 14-noyabrdan boshlab Bulandi tumani boʻlib nomlanmoqda. Tuman markazi — Makinsk shahri, 1914-yili qishloq mavqei bilan tashkil topib, 1945-yili tuman ahamiyatiga ega shahar maqomi berildi.

Katta qishloqlari

tahrir
  1. Oynakoʻl qishlogʻi
  2. Amangeldi qishlogʻi
  3. Voznesen qishlogʻi
  4. Danilov qishlogʻi
  5. Yerkoʻl qishlogʻi
  6. Juravlev qishlogʻi

Ijtimoiy soha

tahrir

Tumanda 14 ta klub, 30 ta kutubxona, 40 dan ziyod umumiy bilim beruvchi maktablar (ikkitasi maktab-bola bogʻcha), musiqa maktabi, bolabogʻchalar, kasbiy-texnik uchilish, 30 ta tarixiy obidalar, 5 ta monument bor. Tibbiyot mahkamalaridan tuman kasalxonasi, shifoxona, 8 qishloq shifokorlik ambulatoriyalar, tez yordam statsionarlar, 3 ta feldsher-akusherlik, 24 ta feldsherlik punktlar xalqqa xizmat qilmoqda. Qozoq tilida „Bulandi tani“ va rus tilida „Vesti Bulandi“ ijtimoiy-siyosiy gazetalari chiqariladi[6].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir