Burayda
Burayda—(arabcha بريدة) Qassim viloyatining poytaxti Burayda yirik sayyohlik nuqtasi sifatida tez rivojlanayotgan shahardir. Saudiya Arabistoni Qirolligining eng markazida joylashgan. Shahar boʻylab oʻtgan murakkab avtomobil yoʻllari tarmogʻi mavjud. Burayda qishloq xoʻjaligi markazi hisoblanadi va sifatli xurmo ishlab chiqargani sababli, u xurmo shahri deb ham ataladi. Shuningdek, bu yerda oʻtkaziladigan 35 kunlik xurmo festivali ham bunga misoldir. Butun mamlakat boʻylab va atrof mintaqalardan ham ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar ushbu festivalga kelishadi.
Shahar atrofi moʻl–koʻl fermer xoʻjaliklari va bogʻlar bilan qishloq hayotining maftunkorligini aks ettirib turadi. Shaharning oʻzi zamonaviy va koʻplab sayyohlik tashkilotlariga ega. Bu yerda shahar va mintaqaning boy tarixini oʻz ichiga olgan muzeylarini topish mumkin. Shuningdek, Buraydada bir qancha bog‘lar, ko‘ngilochar markazlar va oshxonalar mavjud. Shahar yil davomida turli xil festivallar va tadbirlarni nishonlaydi.
Tarixi
tahrirBurayda xalifa Horun ar-Rashid davrida qurilgan Zubayda haj yoʻli boʻylab muhim stansiya boʻlgan. Shaharda ziyoratchilarni qabul qilish joylari va suv quduqlari mavjud edi. Shahar atrofidagi hududlar tarixan qishloq xoʻjaligi, savdo va savdo markazi sifatida foydalanib kelingan. Shuningdek, u Iroq va Fors mintaqalaridan kelgan ziyoratchilar uchun muhim karvon yoʻli va toʻxtash joyi boʻlib xizmat qilgan.
16-asr oxirida Burayda amirligi Banu Tamim qabilasining Al Abu Olayan sulolasi tomonidan tashkil etilgan. Burayda shahri sulola rahbari Rashid Al–Duraybiy buyrug‘i bilan qurilgan. Keyinchalik u viloyat markaziga aylantirildi.
Geografiyasi
tahrirShaharda odatda cho'l iqlimi hukm suradi. Yozi uzoq va issiq, namligi past. Shu bilan birga, qishi juda qisqa va moʻtadil. Shahar nafaqat koʻp palma daraxtlari va xurmo yetishtiradi, balki apelsin va limon kabi turli xil sitrus mevalarni yetishtirishi bilan ham mashhur. Mintaqada bugʻdoy yaqinda paydo boʻlgan boʻlsa–da, juda yirik miqdorda ekildi. Natijada Burayda mamlakatdagi eng yirik bugʻdoy ishlab chiqaruvchi shaharlardan biriga aylandi.
Burayda dengiz sathidan 650 m balandlikda joylashgan. Shahardan Saudiya Arabistonining eng katta vodiysi, 600 km uzunlikdagi Al-Rumma oʻtadi. Tarixchilarning fikriga koʻra, vodiyda ming yillar oldin Makkadan Arab koʻrfaziga oqib oʻtgan yirik daryo boʻlgan. Shu sababli, mintaqada hali ham moʻl yer osti suvlari mavjud. Shu sababdan shahar mamlakatning eng soʻlim goʻshalaridan biridir. Iqlimi xurmo, limon, apelsin, uzum, anor, bugʻdoy va bir qancha turli sabzavotlar ekish uchun ham qulay.
Mashhur diqqatga sazovor joylari
tahrirBurayda va Aloqilat muzeylari boy tarixga ega. Burayda muzeyi yaqinida Qirol Xolid bogʻi joylashgan. Ushbu park kirish uchun bepul va bu yerda dam olish va vaqtni maroqli oʻtkazish mumkin. Shuningdek, suzish havzasi ham mavjud va parkda turli tadbirlar ham tashkil etiladi. Burayda suv minorasi Burayda shahrining asosiy diqqatga sazovor joyidir. Hatto uning eng yuqori qavatidan shaharning ajoyib qush shaklidagi koʻrinishini kuzatish mumkin.
Dunyodagi eng yirik tuya bozori Al Qassim shahardan qisqa masofada joylashgan. Bu yerda minglab tuya, qo‘y va echkilar egar va boshqa tegishli anjomlari bilan birga sotiladi. Garchi bu gavjum bozorning hidi sayyohlarni bezota qilsa–da, u sayyohlarga juda noyob va chinakam Saudiya tajribasini koʻrsatib beradi.
Agroturizm shaharning oʻsib borayotgan diqqatga sazovor joyidir. Atrofda joylashgan fermer xoʻjaliklari va bogʻlar sayyohlarga ulugʻvor palma bogʻlari va plantatsiyalarini koʻrish imkonini beradi. Hatto ushbu fermer xoʻjaliklaridan toʻgʻridan-toʻgʻri mahsulotni sotib olish ham mumkin. Bu sayyohlar uchun qiziqarli va tabiatga yaqin sayohat boʻlgani uchun ham sayohatchilar soni ortib bormoqda.
Manbalar
tahrir1.Welcome Saudi kanali
2.tourizm
Havolalar
tahrir1.buraydah
2.[^ spa. https://www.spa.gov.sa/2265050.]
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |