Busan xorijiy tillar universiteti
Busan xorijiy tillar universiteti (BUFS) — 2011-yilgacha Busan chet tillari universiteti sifatida yuritilgan boʻlib, Janubiy Koreyaning Busan shahridagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan xususiy universitetdir.
부산외국어대학교 | |
Shiori | Sadoqat,haqiqat,ijodkorlik |
---|---|
Turi | xususiy |
Asos solingan sanasi | 1981 |
Prezidenti | Yoon Suk-yeol |
Rektori | Jeong Gi-yeong |
Fakultetlar | 196 ta |
Bakalavriat | 7796 |
Manzili | |
Veb-sayti | bufs.ac.kr |
Tarixi
tahrirBusan xorijiy tillar universiteti marhum Chung Tae-sung tomonidan tashkil etilgan. Universitet 1981-yil aprel oyida ingliz, fransuz, yapon, xitoy, nemis, indonez,tay va malay tilini oʻrganishga ixtisoslashgan kollej sifatida tashkil etilgan. 1990-yillar boshida kollej oʻz dasturlarini kengaytirdi va 1991-yilda universitetga aylandi.
Xalqaro aloqalar
tahrir2009-yil holatiga koʻra Busan xorijiy tillar universiteti 24 mamlakatdagi 94 ta universitet bilan akademik almashinuv dasturi boʻyicha shartnomalarga ega.
Dasturlar
tahrirBUFS yettita kollej, toʻrtta aspirantura dasturi va toʻqqizta tadqiqot institutidan iborat. Maktabning til boʻlimi uchta boʻlimga boʻlinadi: ingliz, yapon va xitoy kolleji, gʻarb tadqiqotlari kolleji va sharqshunoslik kolleji. Universitet taklif qiladigan gʻarb tillari qatoriga italyan, ispan, portugal va rus tillari kiradi. Sharq tillariga yapon va xitoy tillaridan tashqari vetnam, hind, arab, turk va oʻzbek tillari kiradi[1]. Universitet,shuningdek, xalqaro tadqiqotlar, koreys tili va adabiyoti, xalqaro huquq, xalqaro biznes va IT boʻyicha oʻqish dasturlarini ham taqdim etadi.
Fakultetlar
tahrirIngliz, xitoy va yaponshunoslik kolleji:
Ingliz tili boʻlimi
Turizm va konventsiya bo'yicha ingliz tili mutaxassisligi
Muloqot va tarjimonlik bo‘yicha ingliz tili mutaxassisligi
Buyuk Britaniya va Amerika adabiyoti va madaniyati bo'yicha mutaxassislik
ITda ingliz tili mutaxassisligi
Yaponiya aloqa boʻlimi
Yapon tili tarjimonligi
Yapon tili va adabiyoti mutaxassisligi
Yaponiya biznes boʻlimi
Mehmonxona va turizm sohasida yapon tili
Biznes va IT sohasida yapon tili
Xitoy bo'limi
Xitoy tili tarjimonligi boʻyicha mutaxassis
Xitoy tili va madaniyati mutaxassisligi
G'arb tadqiqotlari kolleji
Fransuz tili boʻlimi
Nemis tili boʻlimi
Ispan tili boʻlimi
Portugal tili boʻlimi
Sharqshunoslik kolleji
Tailand boʻlimi
Indoneziya-Malayziya departamenti
Arab tili kafedrasi
Hindiston boʻlimi
Vetnam tili boʻlimi
Myanma departamenti
Turk va Markaziy Osiyo tillari kafedrasi (qozoq, oʻzbek)[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Busan University of Foreign Studies“ (en). www.world.uz. Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.