Butunjahon aloqa va axborot jamiyati kuni
Butunjahon aloqa va axborot jamiyati kuni (BMTning boshqa rasmiy tillarida: ingl. World Telecommunication and Information Society Day, isp. Día Mundial de las Telecomunicaciones y la Sociedad de la Información, fr. La Journée mondiale des télécommunications et de la société de l'information, xit. 世界电信和信息社会日, arab. اليوم العالمي للاتصالات ومجتمع المعلوماتية) — ushbu bayram dastlab "Xalqaro elektr aloqa" va "Jahon axborot jamiyati kuni" o‘rniga nishonlangan.
“Xalqaro telekommunikasiyalar kuni” 1969—2005-yillarda nishonlandi. Bayram sanasi 1865-yil 17 mayda Xalqaro telegraf ittifoqining tashkil etilishi bilan bog‘liq bo‘lib, keyinchalik Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XTI) nomini oladi.
Ikki bosqichda o‘tkazilgan Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha oliy darajadagi Butunjahon anjumani doirasida: 2003-yil Jenevada va 2005-yil Tunisda "Axborot jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha Tunis dasturi" qabul qilinadi, maqsad Internetni butun dunyoda ommaviy aloqa vositasi sifatida ommalashtirish; jahon miqyosida raqamli tafovutni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish edi.
BMT Bosh Assambleyasi 17-mayni “Xalqaro axborot jamiyati kuni” deb e’lon qilish murojaati qabul qilinadi. Keyinchalik, "Xalqaro telekommunikasiyalar kuni" o‘rniga, BMT Bosh Assambleyasi 2006-yil 27-martdagi A/RES/60/252 -sonli qaroriga ko‘ra 17-mayni "Butunjahon axborot jamiyati kuni" (BMTning boshqa rasmiy tillarida: : ingl. World Information Society Day, isp. Día Mundial de la Sociedad de la Información, fr. Journée mondiale de la société de l'information) deb e’lon qiladi.
BMT Bosh kotibi Kofi Annan 2006-yil Butunjahon axborot jamiyati kuniga bag‘ishlangan murojaatida ushbu sanani ta’sis etish muhimligini ta’kidlab o‘tadi. Mazkur sana, dedi K.Annan, axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT)ning ulkan imkoniyatlari va taraqqiyotni jadallashtirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni rivojlantirishni qayd etadi. U U BMTga aʼzo barcha davlatlarni xavfsizlikni yaxshilash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ishonchni mustahkamlash, erkin va xavfsiz axborot jamiyatini yaratish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga undadi.
Keyinchalik, XEI (hozirgi BMTning ixtisoslashgan agentligi) 2006-yil noyabr oyida Antaliyada bo‘lib o‘tgan anjumanda 17-mayni keyinchalik "Jahon telekommunikasiya va axborot jamiyati kuni" sifatida nishonlashni qaror qiladi.
Havolalar
tahrir- BMT veb-saytidagi WTIIS sahifasi
- ITU veb-saytidagi WTISD bosh sahifasi
- Butunjahon telekommunikatsiya va axborot jamiyati kuni[sayt ishlamaydi]
- Axborot jamiyati sammitining tamoyillari deklaratsiyasi
- Axborot jamiyati sammitida qabul qilingan chora-tadbirlar rejasi
- Ruxsat A/RES/60/252
- BMT Bosh kotibining 2006 yildagi xabari
- Xalqaro "IT xodimlari" kuni