Buxoro okrugi
Oʻzbekiston SSR okrugi
Buxoro okrugi — Oʻzbekiston SSR tarkibida 1926—1930-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik.
| ||
okrug | ||
---|---|---|
Tegishli | Oʻzbekiston SSR | |
Maʼmuriy markazi | Buxoro | |
Asos solingan sanasi | 1926-yil | |
Bekor qilingan sanasi | 1930-yil 30-iyul | |
Aholi | 389,8 ming kishi (1926) | |
Maydoni | 16,1 ming km² | |
Xaritada |
Tarixi
tahrirBuxoro okrugi 1926-yilda tashkil topgan[1]. Markazi Buxoro shahri.
1929-yilga kelib okrug tarkibida 8 ta tuman boʻlgan: Buxoro, Vobkent, Gʻijduvon, Qorakoʻl, Yangi Buxoro, Romitan-Xayrobod, Sultonobod va Shafrikent.
1930-yil 30-iyulda SSSRning aksariyat okruglari singari Buxoro okrugi ham tugatildi. Uning tumanlari bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtkazildi.
Aholisi
tahrir1926-yilda okrug aholisi 389,8 ming kishi boʻlgan. Shundan o‘zbeklar 82,5%, tojiklar 6,8%, ruslar 3,3%, forslar 1,4% ni tashkil etgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Аdministrativnoye deleniye Soyuza SSR (rus tilida), Moskva, 1929.
- ↑ „Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1926 goda. Natsionalniy sostav naseleniya po regionam respublik SSSR“ (rus tilida).