Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasi (Toshkent)

Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasi — Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi va Traktorsozlar shaharchasi oraligʻida joylashgan ko'cha. Uzunligi 8 kilometrdan ziyod.

Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirzo Ulugʻbek
Uzunligi 8 km
Yaqin metro bekatlari Buyuk Ipak yoʻli
Avvalgi nomlari Nikolsk koʻchasi
Lunacharskiy koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Buyuk Ipak yoʻli
Koʻchada joylashgan binolar Markaziy harbiy sport klubiga sport majmuasi
„Gulshan“ madaniyat va istirohat bogʻi
Traktor zavodi
1-markaziy shifoxona
Map
xaritada koʻrinishi

Tarixi

tahrir

Koʻcha XIX asrning oxirlarida tashkil topgan va Nikolsk qishlogʻini (hozirgi Navroʻz bozori atrofi) shahar bilan bogʻlagan. Shu bois dastlab Nikolsk koʻchasi deb atalgan. XX asrning 40-yillaridan boshlab rus yozuvchisi, adabiyotshunosi Anatoliy Lunacharskiy (1875-1933) nomi bilan yuritilgan. Dastlab koʻcha boshi Pushkin maydonidan boshlangan va koʻcha oxiri (1967-yilgacha) Toshkent viloyatiga qarashli boʻlgan. Toshkent zilzilasidan (1966) keyin rekonstruksiya qilingan. Koʻchaning Katta halqa yoʻli bilan kesishgan qismida koʻprik osti yoʻli qurilgan. 1992-yil 7-mayda koʻchaga Buyuk Ipak Yoʻli nomi berildi va koʻcha kengaytirildi, obodonlashtirildi[1].

Binolar

tahrir

Koʻcha yoʻnalishida koʻp qavatli turar joy binolari, yakka tartibdagi uyjoylar, „Buyuk Ipak Yoʻli“ metro bekati, „Sayohat“ mehmonxonasi, Markaziy harbiy sport klubiga qarashli sport majmuasi, „Gulshan“ madaniyat va istirohat bogʻi, Traktor zavodi va uning sport majmuasi, 1-markaziy shifoxona, maktablar, bogʻchalar, maʼmuriy binolar, firmalar, dorixonalar, savdo doʻkonlari, banklar, maishiy xizmat koʻrsatish, umumovqatlanish va avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchapari, avtobuslar boshbekati bor.

Yaqinida „Turon“ sanatoriysi va Ahmad Yugnakiy dahasi joylashgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.