1966-yilgi Toshkent zilzilasi — 1966-yilning 26-aprelida soat 5 dan 23 daqiqa oʻtganda Toshkent shahrida roʻy bergan falokatli zilzila. Magnitudasi uncha katta boʻlishiga qaramay (taxminan 6.2), oʻchogʻi yer sathiga yaqin boʻlgani tufayli 7-8 balli silkinishlar roʻy berdi va natijada shahar hududidagi koʻpgina inshootlar jiddiy talafot koʻrdi. Lekin shahar chekkasida zilzila 6 ballgacha pasaygani qayd etildi. 2-3 Hz chastotali yer silkinishlari 10-12 soniya davom etdi. Qurbonlar soni kamligi (8 kishi halok boʻlgan, bir necha yuz kishi jarohatlangan) esa silkinishlarning boʻylama boʻlganligi bilan izohlanadi, boʻylama tebranishlarda binolar katta zarar koʻrmaydi. Ammo hodisadan keyingi yurak va asab hastaliklari tufayli qurbonlar soni koʻpaydi.

Toshkent zilzilasi

Toshkent shahrining 1967-yilgi xaritasi. Xaritada bir yil avval yuz bergan zilzila oʻchogʻi koʻrsatilgan
Sana va vaqti 1966-yil 26-aprel
Mahalliy vaqt 05:23
Davomiyligi 10-12 soniya
Miqdori 7-8 balli
Chuqurligi 8-10 km
Taʼsir doirasidagi davlatlar (hududlar) Qozogʻiston
Qirgʻiziston
Qurbonlar 8 kishi halok boʻlgan, 150 kishi jarohat olgan (rasmiy maʼlumotlarga koʻra).
Zilzila qurbonlari xotirasi uchun barpo etilgan monument. Monumentning pastki chap qismida zilzila vaqtini koʻrsatib turuvchi soat yuzi aks etilgan.

1966-yil 26 aprel soat 5 dan 22 min. oʻtganda Toshkentda kuchli zilzila sodir boʻldi[1][2]. Zilzila oʻchogʻining chuqurligi 8-10 km boʻlib, energiyasi 10y joulga teng, epitsentrda (sobiq Qashqar mahallasi va Labzak oʻrnida) vertikal zarblar kuchli bulib, silkinish 8 ball, Rixter shkalasi boʻyicha magnitudasi 5,3, maksimal vayronalik maydoni — 10 km² ga yetdi. Bu maydon shim.gʻarbdan jan.sharqqa choʻzilgan[3][4].

Zilzilaga sabab boʻlgan Qorjontov tektonik darzligi shu yoʻnalishda 8- 10 km chuqurlikni qamraydi. Bu zilzilani yer yuzidagi 100 dan ortiq seysmik styalar qayd qiddi. Birinchi kuchli zarbadan soʻng silkinishlar soni 500 dan ortgan, ulardan bir nechtasining kuchi 7 ballga yaqinlashgan. Ayniqsa, 1966-yilning 7, 9, 24 may, 4 iyun, 29 iyul kunlari sodir boʻlgan tebranishlar uyjoylarni vayron qilgan. Asosiy tebranish 1966—68 yillar mobaynida yuz berib turgan bir kancha aftershoklar bilan davom etdi. Zilzilaning kaytalab turishi 2000 dan ortiq boʻlganligini Markaziy seysmik stya qayd qilgan. Toshkent sh. geologik jihatdan Tyanshan togʻ tizmasi gʻarbidagi Toshkent — Mirzachoʻl togʻ oldi choʻkmasiga joylashgan. Toshkent zilzilasi tektonik xarakterga ega. Zilzila oʻchogʻi paleozoy, mezozoykaynozoy togʻ jinslari yondashgan zonada joylashgan. 1957-yildan boshlab, Toshkent mineral issiq suvlari (1300- 1400 m chuqurlikda) tarkibidagi radon gazi miqdori orta bordi. 1965-yilning oʻrtalarida 2 barobar koʻpaydi va Toshkent zilzilasigacha shu miqdor saqlandi. Zilzila roʻy bergach, radon miqdori dastlabki holatga qaytdi. Demak, 1965-yil oʻrtalarida chuqurlikdagi togʻ jinslarining zichlashish jarayoni toʻxtab, deformatsiya boshlangan. Bunda zilzila oʻchogʻidagi togʻ jinslarining hajmi oʻzgargan, soʻngra jinslar massasining uzilishiga olib kelgan. Radon zilzila darakchisi ekanligi isbotlandi. Zilzila natijasida 2 mln. m2 dan ortiq turar joy, 236 maʼmuriy bino, 700 ga yaqin savdo va umumiy ovqatlanish joylari, 26 kommunal xoʻjalik korxonasi, qariyb 180 oʻquv yurti, shu jumladan, 8 ming oʻrinli maktab, 36 madaniy maishiy muassasa, 185 tibbiy va 245 sanoat korxonasi binolari zarar koʻrdi. 78 ming oila, 300 ming kishi boshpanasiz qoldi, 8 kishi halok boʻlib, 150 ga yaqin kishi jarohatlangan[5][6][7]. Oʻlganlar sonining kam koʻrsatilganligiga Sovet davlatining yopiq siyosati sabab qilib koʻrsatiladi[8][9]. Boshqa manbalarda qurbonlar soni 200 kishidan 1,100,000 kishilik shahar aholisining 0,5 foizigacha ekanligi aytiladi[10][11][12]. Zilziladan zarar koʻrgan Toshkentga qoʻshni respublikalardan gʻamxoʻrlik koʻrsatdilar. Boshpanasiz qolganlarni joylashtirish, sanoat va savdo korxonalari ishini qayta tashkil etish va boshqa tadbirlar belgilandi. Zilzila oqibatida vayron boʻlgan uyjoylar oʻrnida zilzilabardosh yangi binolar qad koʻtardi. Qisqa vaqt ichida shahar qiyofasi oʻzgardi. Toshkent goʻzal, zamonaviy shaharga aylandi. Toshkent zilzilasini sinchiklab oʻrganish natijasida bu joylarda bir qancha seysmogen zonalar aniklangan va ularning xaritasi tuzilgan. Keyingi paytlarda shu zonalarda bir qancha kuchli zilzilalar sodir boʻlgan. 1977-yil Yangiyoʻl yaqinida, 1977-yil Tovoqsoyda, 1980-yil Nazarbekdagi zilzilalar shular jumlasidandir. Toshkent zilzilasi Oʻrta Osiyoda seysmologiya fanining rivojlanishiga sabab boʻldi. Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonda seysmologiya ilmiy tadqiqot institutlari ochildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Seysmologiya instituti xodimlari zilzilani oldindan aytib berish, uning sabab va oqibatlarini oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar[13].

Oqibatlari

tahrir
 
Zilziladan vayron boʻlgan Toshkentni qayta qurishda qatnashganlarga berilgan „Toshkent quruvchisi“ medali

Zilziladan soʻng, sovet davlatining yuqori martabali arboblari, jumladan, KPSS raisi Leonid Brejnev qidiruv-qutqaruv ishlarini koʻzdan kechirish maqsadida Toshkentga kelgan[14]. Katta qurilish va rekonstruksiya loyihasi tayyorlangan. Boshqa sovet respublikalari qayta qurish jarayoniga yordam berish uchun koʻp sonli ishchilarni yuborganlar[15][16][17]. Bu holat shaharning etnik tarkibini oʻzgartirib yuborgan, chunki ish tugagandan soʻng ishchilarning katta qismi Toshkentda qolgan[18]. Yangi bunyod etilgan Toshkentda Sovet Ittifoqining boshqa shaharlarida uchraydigan meʼmoriy uslublar, jumladan, keng xiyobonlar va katta turar-joy majmualari paydo boʻlgan[19]. 1970-yilga kelib 100 000 ta yangi uy qurilgan[20].

Zilzila oʻchogʻida joylashgan yerda zilzila qurbonlari uchun qurilgan tosh yodgorlik 1976-yilda ochilgan[21].

Manbalar

tahrir
  1. Lovell-Hoare, Sophie. Uzbekistan. Bradt Travel Guides, 2013 — 100-bet. ISBN 978-1-84162-461-7. 
  2. Agrawal, Premendra. Silent Assassins Jan11,1966. Agrawal Overseas, 2012 — 291-bet. ISBN 9789350878453. 
  3. Agrawal, Premendra. Silent Assassins Jan11,1966. Agrawal Overseas, 2012 — 291-bet. ISBN 9789350878453. 
  4. Shoumatoff, Nicholas. Around the Roof of the World. University of Michigan Press, 2000 — 186-bet. ISBN 978-0-472-08669-6. 
  5. Ruthven, Malise. Historical Atlas of Islam. Harvard University Press, 2004 — 145-bet. ISBN 978-0-674-01385-8. 
  6. Bunich, Igor. НЛО: Операция "Троянский конь" Секретные материалы. Olma Media Group, 2004 — 182-bet. ISBN 9789211201543. 
  7. Schmemann, Serge. „Big tremor rocks Central Asia area“ (1984-yil 21-mart). Qaraldi: 2014-yil 3-dekabr.
  8. Hutchings, Ramond. Soviet Secrecy and Non-secrecy. Rowman & Littlefield, 1988 — 70-bet. ISBN 978-0-389-20754-2. 
  9. Huxley, Michael (1973). "title unknown". The Geographical Magazine 46: 411. https://books.google.com/books?id=h5s6AQAAIAAJ. 
  10. Rall, Ted. Silk Road to Ruin: Is Central Asia the New Middle East?. NBM, 2006 — 141-bet. ISBN 978-1-56163-454-5. 
  11. Stoltman, Joseph. International Perspectives on Natural Disasters: Occurrence, Mitigation, and Consequences: Occurrence, Mitigation, and Consequences, Volume 21 of Advances in natural and technological hazards research. Springer Science & Business Media, 2007 — 435-bet. ISBN 978-1-4020-2851-9. 
  12. Roscoe Wright, James. Industrialized Building in the Soviet Union: (a Report of the U.S. Delegation to the U.S.S.R.). U.S. Government Printing Office, 1971 — 15-bet. ISBN 9789211201543. 
  13. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  14. Agrawal, Premendra. Silent Assassins Jan11,1966. Agrawal Overseas, 2012 — 291-bet. ISBN 9789350878453. 
  15. Rall, Ted. Silk Road to Ruin: Is Central Asia the New Middle East?. NBM, 2006 — 141-bet. ISBN 978-1-56163-454-5. 
  16. Roscoe Wright, James. Industrialized Building in the Soviet Union: (a Report of the U.S. Delegation to the U.S.S.R.). U.S. Government Printing Office, 1971 — 15-bet. ISBN 9789211201543. 
  17. Hanks, Reuel. Central Asia: A Global Studies Handbook. ABC-CLIO, 2005 — 32-bet. ISBN 978-1-85109-656-5. 
  18. Hanks, Reuel. Central Asia: A Global Studies Handbook. ABC-CLIO, 2005 — 32-bet. ISBN 978-1-85109-656-5. 
  19. Sadikov, A C; Akramob, Z. M.; Bazarbaev, A.; Mirzlaev, T.M.; Adilov, S. R.. Geographical Atlas of Tashkent (Ташкент Географический Атлас) (Russian), Moscow, 1984 — 60, 64-bet. 
  20. Sadikov, A C; Akramob, Z. M.; Bazarbaev, A.; Mirzlaev, T.M.; Adilov, S. R.. Geographical Atlas of Tashkent (Ташкент Географический Атлас) (Russian), Moscow, 1984 — 60, 64-bet. 
  21. Lovell-Hoare, Sophie. Uzbekistan. Bradt Travel Guides, 2013 — 100-bet. ISBN 978-1-84162-461-7. 



Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • Tashkentskoye zemletryaseniye 26 aprelya 1966g. T., 1971;Ibragimov R. N., Seysmogennie zoni Srednego Tyanshanya, T., 1978.