Buyuk Ipak yoʻli (Buxoro)
Buyuk Ipak yoʻli — Buxoro viloyati, Buxoro tumani dagi Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi aholi punkti nomi[1]. Qadimda va oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarb mamlakatlarini ilk bor oʻzaro bogʻlagan qitʼalararo karvon yoʻli (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 15-asr). Buyuk ipak yoʻli atamasi ushbu yoʻldan tashilgan qimmatbaho tovar — Xitoy ipagi bilan bogʻliq. Gʻarb mamlakatlari uzoq vaqtgacha ipakchilik sir-asrorlaridan bexabar boʻlishgan. Buyuk ipak yoʻli atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yoʻlini tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy oʻrganish amalda koʻplab mamlakat olimlari tomonidan 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishda Gʻarbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qoʻshganlar. Xususan, Yaponiya „Buyuk ipak yoʻli ensiklopediyasi“ nashr qilingan. 1877-yilda mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen oʻzining „Xitoy“ nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materigining turli qismlarini bogʻlovchi yoʻllar tizimini „ipak yoʻli“ deb atagan, keyinchalik „Buyuyk ipak yoʻli“ atamasi qabul qilingan. „Buyuk ipak yoʻli“ nomi Toshket — Buxoro, Toshkent — Termiz, Toshketn — Ashxobod yoʻnalishlari oʻtgan magistral yoʻllarga qoʻyilgan[2].