Cédric Villani
Cédric Villani (talaffuzi: Sedrik Villani) (1973-yil 5-oktyabrda tugʻilgan) — fransiyalik matematik. Villani matematik tahlil boʻyicha mutaxassisdir. Xususan, qisman differensial tenglamalar, Riemannian geometriyasi hamda metamatik fizika sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 2010-yil Fields medali bilan taqdirlangan.[1]
Cédric Villani | |
---|---|
Tavalludi |
5-oktyabr 1973-yil Brive-la-Gaillarde, Fransiya |
Istiqomat joylari | Paris, Fransiya |
Fuqaroligi | Fransiya |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Henri Poincaré instituti Sorbonne universiteti Lyon universiteti Camille-Jordan instituti |
Akademik rahbarlari | Pierre-Louis Lions |
Mashhur shogirdlari |
Alessio Figalli Clément Mouhot |
Mashhur ishlari |
Boltzmann tenglamasi Kinetik nazariya Landau soʻndirishi Transport nazariyasi Otto–Villani teoremasi |
Mukofotlari |
Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2008) Fermat mukofoti (2009) Henri Poincaré mukofoti (2009) Fields medali (2010) Joseph L. Doob mukofoti (2014) |
Veb-sayt | cedricvillani.org |
Villani 2017-yil Fransiya parlamentining quyi palatasi boʻlmish Milliy assambleyaga saylangan. Emmanuel Macron asos solgan La République En Marche! partiyasi aʼzosi. 2017-yil Fransiya parlamentining Ilmiy va texnologik tanlovlar idorasi vitse-prezidenti etib tayinlangan.
Villani statistik mexanikada ishlatiladigan qisman differensial tenglamalar boʻyicha ishlari bilan shuhrat qozongan. Xususan, olim Laurent Desvillettes bilan hamkorlikda Boltzmann tenglamasida ekvilibriumga yaqin boʻlmagan ilk qiymatlar uchun konvergensiya qanchalik tez sodir boʻlishini koʻrsatib bergan.
Manbalar
tahrir- ↑ Shibut, A. S. „Fields medali — Matematiklar uchun Nobel alternativasi“ (ruscha). Belarus davlat universiteti. 2020-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.