Chad (koʻl)
13°05′0″N 14°31′0″E / 13.08333°N 14.51667°E
Chad – Markaziy Afrikadagi oqmas koʻl. Nigeriya, Niger, Chad va Kamerun hududida, 240 m balandlikda. Uzunligi 270 km, eni 150 km gacha. Maydoni 10 mingdan 26 ming km² gacha (Chadga quyiladigan oqim miqdorining koʻp yillik oʻzgarishiga bogʻliq), chuqurligi 4 m dan 11 m gacha. Iqlim namligi yuqori boʻlgan davrda, yaʼni 5—6 ming yil avval koʻl maydoni 400 ming km² ga yetgan. Gʻarbiy va janubiy qirgʻoqlari past, botqoqlashgan, shimolisharqi va sharqi kuchli yemirilgan, ular yaqinida orol koʻp. Chadga Shari va KomaduguYobe daryolari kuyiladi. Koʻlning daryo deltalari yakinida suvi chuchuk, qolgan qismida shoʻr. Chadda suvning yer ostita singib atrofdagi grunt suvlarini taʼminlab turishi natijasida koʻlning suvi muntazam almashinib turadi. Begemot, lamatin, timsoxdar, suv va botqoq parrandalari yashaydi. Baliq turi koʻp. Kema qatnaydi.
Vikiomborda Chad (koʻl) haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |