Chad Marshall — amerikalik futbolchi hisoblanib, „Columbus Crew“ va „Seattle Sounders“ klublari va AQSh terma jamoasida oʻynagan.

Chad Marshall Futbol
Marshall v sostave „Kolambus Kryu“ (2008 god)
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan

22-avgust 1984-yil(1984-08-22) (38 yosh)
Riversayd, Kaliforniya

Fuqaroligi

Flag SShA AQSh

Boʻyi

191 cm

Vazni

89 kg

Pozitsiyasi

himoyachi

Klub haqida maʼlumotlari
Klub

faoliyatini tugatgan

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

Marshall futbolchilik faoliyatini Stanford universiteti futbol jamoasida oʻynashdan boshlagan[1].

Marshall 2004 MLS Super loyihasida „Columbus Crew“ tomonidan tanlangan[2]. Birinchi mavsumda Chad jamoa faxriysi Robin Freyzer bilan birga chempionlik uchun eng ishonchli himoya chizigʻini tashkil etgan. U „Yilning eng yaxshi yangi futbolchisi“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan edi, ammo Klint Dempsiga yutqazib qoʻydi. 2007-yilda Chad miya chayqalishi tufayli atigi 12 uchrashuvda qatnashdi, bu jarohat uning faoliyatiga jiddiy tahdid soldi. 2008-yilda Marshall MLS kubogini yutishda yordam berdi. U finalda „New York Red Bulls“ga qarshi oʻyinda gol urgan va yilning eng yaxshi himoyachisi deb topildi va mavsum oxirida MLS yulduzlar jamoasiga kiritilgan.

2019-yil 22-may kuni Chad Marshall futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[3][4].

Xalqaro faoliyati

tahrir

2003-yilda Marshall BAA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida yoshlar jamoasi tarkibida oʻynagan[5].

2005-yil 10-martda Chad Kolumbiyaga oʻrtoqlik oʻyinida AQSh terma jamoasi safida debyut qilgan[6]. Oʻsha uchrashuvda u terma jamoadagi ilk golini urgan[7]. 2009-yilda Marshall KONKAKAF Oltin Kubogida ishtirok etgan[8]. U Gonduras, Meksika, Grenada va Panamaga qarshi oʻynagan. Marshall Oltin kubokning kumush medali sohibiga aylangan[9][10].

Marshall AQSHning 2010-yilgi Jahon chempionatining dastlabki roʻyxatiga 30 nafar futbolchi kiritilgan, ammo 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy roʻyxatga kiritilmagan[11][12].

2017-yilning 6-yanvarida Marsyal 29-yanvar kuni Serbiya va 3-fevral kuni Yamayka bilan o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinlari oldidan o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida deyarli yetti yil ichida birinchi marta terma jamoaga chaqiruv olgan[13].

Statistikasi

tahrir
Klub Mavsum MLS Playoff bosqichida Kubog Chempionlar Ligasi Jami
Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Columbus Crew 2004 28 0 2 0 0 0 30 0
2005 30 1 0 0 30 1
2006 26 1 0 0 26 1
2007 12 2 0 0 12 2
2008 29 4 4 2 0 0 33 6
2009 18 4 2 0 0 0 2 0 22 4
2010 24 2 2 0 3 0 3 0 32 2
2011 32 0 1 0 0 0 33 0
2012 24 2 0 0 24 2
2013 30 1 0 0 30 1
Jami 253 17 11 2 3 0 5 0 272 19
Seattle Sounders FC 2014 31 1 4 0 3 0 38 1
2015 29 0 3 1 1 0 1 0 34 1
2016 30 4 6 0 0 0 2 0 38 4
2017 28 1 5 0 0 0 33 1
2018 30 4 1 0 0 0 4 1 35 5
2019 8 0 0 0 0 0 8 0
Jami 156 10 19 1 4 0 7 1 186 12
Jami 409 27 30 3 7 0 12 1 458 31

Yutuqlari

tahrir

 Columbus Crew

  • 1  MLS kubogi — 2008
  • Supporters’ Shield sohibi— 2004, 2008, 2009

 Sietl Sounders

  • 1  MLS kubogi — 2016
  • Supporters’ Shield sohibi — 2014
  • 1  AQSh ochiq futbol kubogi — 2014

Xalqaro yutuqlari

  AQSh

Shaxsiy yutuqlari

  • MLSda yilning eng yaxshi himoyachisi — 2008, 2009, 2014
  • MLS ramziy jamoasi aʼzosi — 2008, 2009, 2014, 2018

Manbalar

tahrir
  1. „Player Bio: Chad Marshall“ (en). Stanford University Athletics. 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  2. „2004 MLS SuperDraft“ (en). MLSsoccer.com (2004-yil 16-yanvar). 2021-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  3. „Chad Marshall announces retirement from professional soccer“ (en). Seattle Sounders FC (2019-yil 22-may). 2019-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  4. Tom Bogert. „Three-time MLS Defender of the Year Chad Marshall announces retirement“ (en). MLSsoccer.com (2019-yil 22-may). 2019-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  5. „США VS. Колумбия 3:0“ (en). soccerway.com (2005-yil 10-mart). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
  6. „Гондурас VS. США 0:2“ (en). soccerway.com (2009-yil 24-iyul). 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
  7. „Гренада VS. США 0:4“ (en). soccerway.com (2009-yil 5-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
  8. „США VS. Гондурас 2:0“ (en). soccerway.com (2009-yil 9-iyul). 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
  9. „США VS. Мексика 0:5“ (en). soccerway.com (2009-yil 26-iyul). 2013-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
  10. „США VS. Панама 2:1“ (en). soccerway.com (2009-yil 19-iyul). 2013-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
  11. Steven Goff. „U.S. soccer roster for World Cup features unlikely trio“ (en). The Washington Post (2010-yil 27-may). 2019-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  12. „Bradley Announces 30-Man Preliminary Roster for 2010 FIFA World Cup in South Africa“ (en). U.S. Soccer (2010-yil 11-may). 2010-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-may.
  13. „Arena Calls 32 Players for MNT January Camp“ (en). U.S. Soccer (2017-yil 5-yanvar). 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-yanvar.