KONKAKAF oltin kubogi
Ushbu sahifani CONCACAF oltin kubogiga qayta nomlash taklif etiladi.
Biror maqolani qayta nomlashga taklif qilishda, iltimos, andozasidan foydalaning. Havolalar: koʻchirish qaydlari • taklif etilgan nomga koʻchirish |
KONKAKAF Oltin kubogi (inglizcha: CONCACAF Gold Cup - KONKAKAF Oltin Kubogi, ispancha: Copa Oro de CONCACAF) — KONKAKAF tarkibiga kiruvchi mamlakatlar terma jamoalarining asosiy futbol turniri. Ikki yilda bir marta oʻtkaziladi. 1991-yilgacha KONKAKAF Millatlar chempionati (ispancha: Copa de Naciones de CONCACAF).
KONKAKAF oltin kubogi | |
Toʻliq nomi | KONKAKAF oltin kubogi |
---|---|
Davlat | Shimoliy Amerika
Karib havzasi (KONKAKAF) |
Asos solingan sana | 1963-yil |
Klublar soni | 16 ta |
Amaldagi chempion | AQSh (7 karra)
Meksika (11 marta) |
Tarixi
tahrir1961-yilda KONKAKAF tashkil etilishidan oldin Markaziy Amerika va Karib havzasi futbol konfederatsiyasi (Confederación Centroamericana y del Caribe de Fútbol (CCCF)) va Shimoliy Amerika Futbol Konfederatsiyasi (North American Football Confederation (NAFC)) birlashishi natijasida konfederatsiyalarning har biri terma jamoalar uchun oʻz turnirini oʻtkazgan. CCCF 1941-yildan 1961-yilgacha 10 ta turnir oʻtkazgan. Unda Kosta-Rika yetti marta, Salvador, Panama va Gaiti bir martadan gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. NAFC esa ikkita turnir oʻtkazgan va Meksika ikkala turnirda ham gʻalaba qozongan. Turnirning eng yaxshi toʻpurari Xaver Ernandes boʻlib, u 10 uchrashuvda 11 ta gol urgan.
1963-yilda yangi kombinatsiyalangan turnir KONKAKAF Millatlar chempionati (Copa de Naciones de CONCACAF) deb nomlangan va birinchi qur’a tashlash marosimi Salvadorda boʻlib oʻtgan. Turnir har ikki yilda bir marta oʻtkazilgan. 1973-yilda turnirga jahon chempionatiga saralashning mintaqaviy saralash finali sifatida ham qaralgangan. Ushbu shaklda 1977-va 1981-yillarda yana ikkita turnir oʻtkazilgan. 1985-va 1989-yillarda final turniri umuman oʻtkazilmagan va shu sababli saralash turniri gʻolibi KONKAKAF chempioni deb e’lon qilingan, ammo kubok berilmagan.
1991-yilda chempionati KONKAKAF Oltin kubogi nomi ostida qayta tiklanadi. Oʻshandan beri u yetti marta Meksika, olti marta AQSh va bir marta Kanada tomonidan qoʻlga kiritilgan.
Turnir formati
tahrirTurnirda 12 ta jamoa ishtirok etadi. Shimoliy Amerikaning uchta vakili (Kanada, Meksika, AQSH) saralashsiz oʻtadi. Markaziy Amerika kubogida (Copa Centroamericana) Markaziy Amerikaning besh vakili aniqlanadi. Karib dengizi kubogida (Caribbean Nations Cup) Karib dengizidan toʻrtta vakil qatnashadi. Jamoalar toʻrtta jamoadan iborat uchta guruhga boʻlinadi. Har bir guruhdan ikkitadan eng yaxshi jamoalar va uchinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi ikki jamoa pley-off bosqichiga yoʻl oladi[1].
Sovrindorlar
tahrirKONKAKAF Millatlar chempionati | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Oʻtkazilgan davlat | Final guruhlari | ||||
Chempion | 2-oʻrin | 3-oʻrin | 4-oʻrin | |||
1963-yil | El Salvador | Kosta Rika | El Salvador | Niderlandiya Antill orollari | Gonduras | |
1965-yil | Gvatemala | Meksika | Gvatemala | Kosta Rika | El Salvador | |
1967-yil | Gonduras | Gvatemala | Meksika | Gonduras | Trinidad va Tobago | |
1969-yil | Kosta Rika | [[Kosta Rika milliy futbol terma jamoasi| Kosta Rika]] | Gvatemala | Niderlandiya Antill orollari | Meksika | |
1971-yil | Trinidad va Tobago | Meksika | Gaiti | Kosta Rika | Kuba | |
KONKAKAF Millatlar chempionati va Jahon chempionati saralash finali | ||||||
1973-yil | Gaiti | Gaiti | Trinidad va Tobago | Meksika | Gonduras | |
1977-yil | Meksika | Meksika | Gaiti | El Salvador | Kanada | |
1981-yil | Gonduras | Gonduras | El Salvador | Meksika | Kanada |
Jahon chempionati saralash turnirining yakuniy guruhi | |||||
---|---|---|---|---|---|
Yil | Chempion | 2-oʻrin | 3-oʻrin | 4-oʻrin | |
1985 1 | Kanada | Gonduras | Kosta Rika | ||
1989-yil |
Kosta Rika | AQSh | Trinidad va Tobago | Gvatemala |
Taklif etilgan jamoalar kursiv bilan yozilgan.
2 Kosta-Rika - Yamayka uchrashuvi qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng 1:1 hisobida yakunlangan. 3-oʻrin ikkala jamoaga ham topshirilgan.3 3-oʻrin uchun oʻyin oʻtkazilmagan.
4 Gvadelupa (Fransiyaning xorijdagi departamenti) KONKAKAFning toʻliq a’zosi. Shu sababli u ushbu turnir FIFA shafeligida oʻtkazilmagani uchun turnirda qatnashish huquqiga ega.
Terma jamoalar yutuqlari
tahrirMamlakat | Chempion | Vitse-chempion | Bronza medal sohibi |
---|---|---|---|
Meksika | 11 (1965, 1971, 1977, 1993, 1996, 1998, 2003, 2009, 2011, 2015, 2019) | 3 (1967, 2007, 2021) | 5 (1973, 1981, 1991, 2013, 2017) |
AQSh | 7 (1991, 2002, 2005, 2007, 2013, 2017, 2021) | 6 (1989, 1993, 1998, 2009, 2011, 2019) | 2 (1996, 2003) |
Kosta Rika | 3 (1963, 1969, 1989) | 1 (2002) | 6 (1965, 1971, 1985, 1993, 2009, 2017) |
Kanada | 2 (1985, 2000) | — | 3 (2002, 2007, 2021) |
Gaiti | 1 (1973) | 2 (1971, 1977) | 1 (2019) |
Gvatemala | 1 (1967) | 2 (1965, 1969) | — |
Honduras | 1 (1981) | 2 (1985, 1991) | 1 (1967) |
Panama | — | 2 (2005, 2013) | 2 (2011, 2015) |
Yamayka | — | 2 (2015, 2017) | 2 (1993, 2019) |
El Salvador | — | 2 (1963, 1981) | 1 (1977) |
Braziliya | — | 2 (1996, 2003) | 1 (1998) |
Trinidad va Tobago | — | 1 (1973) | 2 (1989, 2000) |
Kolumbiya | — | 1 (2000) | 1 (2005) |
Niderlandiya Antill orollari | — | — | 2 (1963, 1969) |
Peru | — | — | 1 (2000) |
Gvadelupa | — | — | 1 (2007) |
Qatar | — | — | 1 (2021) |
Manbalar
tahrir- ↑ „Золотой кубок: расписание, результаты и турнирная таблица — RU Nowgoal“ (ruscha). //ru.nowgoal.com. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
tahrir- Turnirning rasmiy veb-sayti Архивная копия -da arxivlangan(ingl.) )(isp.) )
- RSSSF veb-saytidagi Oltin kubok statistikasi Архивная копия -da arxivlangan(ingl.) )