Chagʻdavul, changdovul (moʻgʻulcha — chagʻdaul, chagʻduul) — 1) Chingiziylar, Temuriylar armiyasida qoʻshinning ortaryergard qismi. Unga shahzodalar va tajribali lashkarboshilar qoʻmondonlik qilgan; 2) qoʻshinning ort (aryergard) qismi qoʻmondoni. Xiva xonligida otliq qorovul sardori ham chagʻdavul deb yuritilgan. Buxoro xonligida harbiy mansablardan biri xisoblanib, qorovul, yoʻlchi va josusdan yuqori turgan. Ayni paytda aryergard qoʻshinida xizmat kiluvchi askar ham chagʻdavul istilohi bilan ifodalangan.